Mamlakat xalqaro aeroportlarida jismoniy şaxslarning bojxona hududiga kirib kelişi yoki uni tark etişlari uçun keng qulayliklar yaratiş maqsadida “yaşil” va “qizil” yölak tizimi yölga qöyilgan.

Bu tizim fuqarolarning tez fursatda bojxona nazoratidan ötişini xamda bojxona çegarasi orqali olib ötiladigan tovarlarni deklaratsiyalaş uçun tegişli yölakni tanlaş imkonini yaratadi. Biroq bugungi kunda uşbu tizimdan özining noqonuniy maqsadlarini amalga oşiriş yölida foydalanmoqçi bölgan şaxslar ham uçrab turibdi.

Yaqinda “Toşkent-Aero” IBKning “Toşkent xalqaro aeroport” çegara bojxona posti inspektorlari, kontrabandaga qarşi kuraş bölimi va Aviatsiya xavfsizligi xizmati xodimlari bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbir davomida foş etildi.

“Toşkent-Moskva-Milan” yönalişi böyiça uçib ketayotgan xorijiy davlat fuqarosi S.B umumiy uçib ketiş zalidagi “yaşil” yölak orqali harakatlanayotgan vaqtda unga tegişli bölgan qöl yuklari belgilangan tartibda közdan keçirildi. Natijada uning içida sigaret qutisiga yaşirilgan 1 dona şişa flakonga solingan oq rangli, taxminan oğirligi (idişi bilan) 10 gramm bölgan kukunsimon modda hamda 1 dona metall trubka va 1 dona plastik karta borligi aniqlandi.

Bojxona xodimlarining uşbu kukunsimon moddaning nima ekanligi haqidagi oğzaki söroviga fuqaro tomoq dorisi ekanligini aytgan. Söngra boşqa buyumlar sigaret qutisi içidan çiqqaç, fuqaro ularning kelib çiqişi haqida bilmasligini va uşbu buyumlar unga tegişli emasligini bildirgan.

Şundan söng, bojxona xodimlari tomonidan oq rangli modda xamda buyumlar ekspertiza uçun musodara qilinib, fuqaro iştirokida bu haqida tegişli bayonnoma tuzildi.

Ayni damda uşbu holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilgan bölib, tergov harakatlari olib borilmoqda.