Turkiya milliy valyutasi – turk lirasi dunyodagi eng beqaror valyuta nomini Rossiya rubliga “boy berdi”. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi xabar berdi.
Ma'lum qilinişiça, axborot agentligi öz hisob-kitoblarida bozorda valyutani sotib oliş va sotişga tayyor bölgan treyderlar harakatlari haqidagi ma'lumotlarga asoslanadi.
Bloomberğda tuşuntirilişiça, turk lirasi avgustda Anqara va Vaşington örtasidagi kelişmovçiliklar ortida yuz bergan jiddiy inqirozdan keyin birmunça mustahkamlanib oldi. Bunga AQŞ ma'muriyati tomonidan Turkiyaga solingan sanksiyalarning bir qismi bekor qilinişi va Turkiya markaziy bankining tayanç stavkasini 24 foizgaça oşirişi turtki bölgan.
Rublga esa hamon neft narxining pasayişi hamda AQŞ sanksiyalarning kuçaytirilişi mumkinligi bosim ötkazmoqda. Treyderlar Azov dengizda Rossiya tomonidan Ukraina harbiy kemalari uşlanişi bilan boğliq oxirgi voqealardan keyin rublga yanada kamroq işonç bildirmoqdalar.
27 noyabrdagi savdolarga köra bir dollar 67,25 rubl, bir yevro 75,93 rubl turgan. Vaholanki, yil boşida dollar 56-57 rubldan, yevro esa 68-69 rubldan sotilgan.

















