Birja saytida ma’lum qilinişiça, savdolar vaqtida bozorlar muayyan qiymatga pasaygandan keyin savdolarni töxtatiş tizimi işga tuşgan. “Birjamizda barça aksiyalar bozorida bitimlar tuziş vaqtinça töxtatildi”, deb aytilgan birja xabarida.
16 dekabrda Turkiya markaziy banki tayanç stavkasini 15 foizdan 14 foizgaça pasaytirdi. Buning oqibatida 17 dekabrda turk lirasi dollarga nisbatan 9 foizga, ya’ni bir dollarga 17,14 liragaça qadrsizlangan. Bu lira qadrsizlanişining navbatdagi antirekordi hisoblanadi.
Turk lirasi noyabr örtalaridan kuçli qadrsizlana boşladi. Bu Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan markaziy bankni tayanç stavkasini 3 oy içida 3 marta tuşirgani uçun maqtagandan keyin yuz bergan.
Lira qadrsizlanişi ortida 2 dekabrda Erdöğan moliya vaziri Lutfiy Alvonni iste’foga çiqardi.

















