Lira noyabr oyi davomida dollarga nisbatan 29 foizga qadrsizlaşgan. Rossiya rubli bir oy içida dollarga nisbatan 4 foiz, rivojlangan va rivojlanayotgan boşqa davlatlar valutalari 1-3 foizga qadrsizlaşgan. Misol uçun, yevro dollarga nisbatan 2 foizga, Britaniya funt sterlingi esa 3 foizga arzonlaşgan.

Popovning fikriça, rubl arzonlaşişiga ikkita omil: geosiyosiy keskinlik va AQŞ Federal zaxira tizimi pul-kredit siyosatini qat'iylaştirişi kutilayotgani sababli dollarning kuçayişi, bundan taşqari, koronavirusning yangi ştammi tarqalişi haqidagi xabarlar ham salbiy ta'sir körsatgan.

Avvalroq Fitch xalqaro reyting agentligi Turkiya reytingini “barqaror”dan “salbiy”gaça pasaytirdi. Ekspertlarning fikriça, Turkiyada inflatsiya yil oxirigaça 25 foizga yetadi va baholanuvçi davlatlar orasida eng yuqorilaridan biri bölib qoladi. 2022-2023 yilda mamlakatda inflatsiya 20 foiz atrofida böladi. Fitch prognoziga köra, Turkiyaning davlat qarzi yalpi içki mahsulotning 47 foizigaça ösadi. 

Turkiyada inflatsiya noyabrda oxirgi 3 yil içida eng yuqori körsatkiçni taşkil qilib, 21 foizdan oşdi. Turk lirasi bir yil içida öz qiymatining yarmini yöqotgan. Oxirgi ma'lumotlarga köra, lira kursi bir dollarga 13,89gaça tuşib ketgan va bu yangi antirekord hisoblanadi. 

Turk milliy valutasi Turkiya markaziy banki mamlakatda rekord darajada inflatsiya bölişiga qaramay, tayanç foiz stavkasini 16 foizdan 15 foizgaça tuşirgandan keyin keskin qadrsizlandi. Keyinroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan tayanç stavkasi yanada pasaytirilişini aytgan.

Özbek sömi ham noyabr oyi davomida dollarga nisbatan 1 foizdan köproqqa arzonlaşdi. Ma'lumotlarga köra, oy boşida bir dollar Markaziy bank kursi böyiça 10674 söm turgan bölsa, oy oxirida bu körsatkiç 10787 sömni taşkil qilgan. 3 dekabrdagi oxirgi ma'lumotlarga köra, bir dollar 10760 sömni taşkil qilmoqda.