Sport | 12:30 / 28.11.2018
6389
2 daqiqa o‘qiladi

Foto: Afinada o‘yin vaqtida tartibsizliklar yuzaga keldi

Gretsiyaning AYeK klubi Yevropa Chempionlar ligasini muddatidan avval tark etdi: jamoa 5 turda 5 marta mag‘lub bo‘ldi, to‘plar nisbati - 2:12.

Jamoa muxlislari «Ayaks»ga qarshi o‘yingacha ham g‘azabga minishgandi. Afinada bir kun oldinroq taranglik yuzaga kelib bo‘lgandi. 

Mehmonlar jamoasi ultrasiga Polshaning «Krakoviya» klubi muxlislari hamda AYeK klubining ashaddiy raqibi bo‘lmish «Panatinaikos» klubi fanatlari ham qo‘shilgan, shaharning bir necha nuqtalarida ommaviy mushtlashuvlar sodir bo‘lib o‘tgandi. Bu tartibsizliklarni bartaraf etish uchun politsiya ko‘zdan yosh sizdiruvchi gaz qo‘llashga majbur bo‘lgan.

O‘yin vaqtida esa ikki tomon bir-biriga qarata fayyerlar va yonuvchi butilkalar uloqtira boshladi.

Shundan so‘ng mushtlashuvlar boshlandi. «Ayaks» va «Panatinaikos» fanatlari mezbonlar sektoriga bostirib kirmoqchi bo‘lishdi, ularni politsiya qarshi oldi.

To‘qnashuvlar vaqtida bir necha muxlis shikastlandi.

«Ayaks» himoyachisi Matteys de Ligt fanatlarni tinchlanishga chaqirdi.

Bu o‘yinda «Ayaks» 2:0 hisobida g‘alaba qozondi va Chempionlar ligasida 13 yil ichida ilk marta pley-off bosqichiga yo‘l oldi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid