Internetda MMA jangçisi Murod Xontörayevning ofisiga uyuştirilgan hujumga oid videolar tarqaldi.

26 noyabr kuni soat taxminan 14:30lar atrofida Toşkentdagi «Toşkent savdo markazi» (sobiq «Turkuaz») yaqinida Xontörayevning ofisiga armatura va dubinkalar (rezina tayoqlar) bilan qurollangan, qora kiyim kiygan va niqob taqqan şaxslar hujum qilgan.

Kuzatuv kameralariga muhrlangan tasvirlarda köriş mumkinki, bino qarşisidagi avtoturargohda oq Cobalt  va qora Lacetti töxtaydi va undan 10 kişi tuşib, içkariga otiladi.

Ikkinçi kadr bino içkarisida olingan bölib, unda içkaridagilar hujum qiluvçilardan qoçayotgani tasvirlangan.

Ma'lum bölişiça, Xontörayev va ofisda bölgan şeriklari avvaliga bostirib kelganlarni «davlat idorasi xodimlari» deb öylaşgan.

Bostirib keluvçilar Murod Xontörayev (1987 yilda tuğilgan, muqaddam sudlangan) va Ikrom Saidovni (1988 yilda tuğilgan, muqaddam sudlangan) ötkir tiğli jismlar, armatura bölaklari, dubinkalar va pnevmatik öqotar qurollardan foydalanib döpposlaşgan.

Voqea joyida bölgan Xontörayevning boşqa bir tanişi Anvar Rahimov (1984 yilda tuğilgan, muqaddam sudlangan) hujumdan qutulib qolgan.

Voqea yuzasidan içki işlar organlari tomonidan tayyorlangan va surati internetda tarqalgan ma'lumotnomaga köra, Xontörayev «boş miya yopiq jarohati, boş miya çayqalişi, boş öng tepa sohasi ezilib yorilgan jarohati, öng son, dumba sohasi köplab sançilib kesilgan jarohatlari (9 ta), ikkala kökrak usti sohasi sidirilgan jarohati, çap tirsak sohasi kesilgan jarohat» taşxisi bilan 1-şahar kasalxonasiga yotqizilgan.

Ayni vaqtda sportçiga hujum qilganlarning şaxsi hali aniqlanmadi. Şu bilan birga, uşbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi «b», «v» bandlari («bir guruh şaxslar tomonidan sovuq qurol yoki kişining soğliği uçun amalda şikast yetkazişi mumkin bölgan narsalarni (qurol sifatida) qöllab bezorilik sodir etiş») bilan jinoyat işi qözğatilgan (bu modda böyiça aybdor deb topilganlar uç yilgaça ozodlikdan mahrum etilişi mumkin). 

Hozirça na Içki işlar vazirligi va na prokuratura Xontörayev işi yuzasidan rasmiy axborot bermadi.