2018 yilning 26 noyabr kuni Toşkent şahridagi «Toşkent savdo markazi» (sobiq Turkuaz) hududida yakkakuraş sport turining aralaş turi böyiça jahon çempioni Murod Xontörayev piçoqlab ketilgandi.

Keyinçalik, internetda MMA jangçisi Murod Xontörayevning ofisiga uyuştirilgan hujumga oid videolar tarqaldi.

Xontörayevning piçoqlanişi bilan boğliq holatda qator şaxslar tergovga tortilgan. Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi huzuridagi Tergov boşqarmasi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi «b, v» bandlari bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Özbekiston Respublikasi Oliy sudi matbuot xizmatining Kun.uz’ga xabar berişiça, Şayxontohur tuman sudida mazkur holat böyiça jinoyat işini körib çiqiş böyiça oçiq sud bölib ötmoqda.

Qayd etilişiça, sudlanuvçilar I.Abdulahatov (1991 yilda Farğona viloyatida tuğilgan, muqaddam sudlangan), T.Azizov (1992 yilda Toşkent şahrida tuğilgan, muqaddam sudlangan), S.Akbarov (1990 yilda Toşkent şahrida tuğilgan, muqaddam sudlangan), S.Vadenov (1992 yilda Toşkent şahrida tuğilgan, muqaddam sudlangan), O.Sodiqov (1985 yilda Toşkent şahrida tuğilgan, muqaddam sudlangan), J.Saynazarov (1988 yilda Toşkent viloyatida tuğilgan, muqaddam sudlanmagan) va S.Fatxullayev (1991 yilda Toşkent şahrida tuğilgan, muqaddam sudlangan)ga nisbatan jinoyat işi oçiq sud jarayonida körib çiqilmoqda.

Mazkur jinoiy iş jinoyat işlari böyiça Şayxontohur tuman sudi sudyasi Akmal Ergaşev raisligida hamda xalq maslahatçilari B. Muslimov va M. Mirhamidovdan iborat sud tarkibida körib çiqilmoqda.

Sudlanuvçilar Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi (bosqinçilik) 4-qismi “a”, “v” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanmoqdalar.