27 noyabr kuni Yevropa çempionlar Ligasining tört guruhida 5-tur öyinlari yakunlandi va yana 7 jamoa rasman pley-off yöllanmasini hal qildi. Sönggi turlar endi, «Şaxtyor» va «Lion»dan qaysi biri F guruhining ikkinçi omadli jamoasi bölişini, hamda guruhlardagi birinçi va ikkinçi örinlar borasida aniqlik kiritadi xolos.
Bugun esa, qolgan tört guruhda ham hal qiluvçi palla boşlanmoqda. Parijda ikki top jamoaning özaro öyinida yöllanma uçun jang keçsa, «Tottenhem» «Uembli»da sönggi xasga osilib körişga urinadi. Şu va boşqa qiziqarli uçraşuvlar haqida Tribuna.uz saytining an'anaviy anonsi bilan qarşingizda.
A GURUHI
ATLeTIKO – MONAKO (23:00)
BORUSSIYa – BRYuGGe (01:00)
Bu guruhda «Bryugge»ning keyingi bosqiçga çiqiş imkoniyatlari hozirça saqlanib qolayotgan bölsa-da, ğoliblar «Atletiko» va «Borussiya» bölişini hamma bilib turibdi. Belgiyaliklar avval Dormundda ğalaba qozonişlari, keyin öz maydonida «Atletiko»ning yengişlari, bu ham yetmaganday, bu jamoalarning «Monako»ga qarşi öyinlarda oçko yöqotişlaridan umid qilişlariga töğri keladi. Bu juda qiyin.
«Monako»ning ham öz holiça motivatsiyasi bor. Terri Anri jamoasi 16 öyindan iborat ğalabasiz seriyadan söng, nihoyat, Kanda ğalabaga erişdi. Pley-off uçun barça imkoniyat yöqotilgan bölsa-da, qolgan öyinlarda ijobiy natija qayd etiş va heç bölmasa, Yevropa Ligasiga ötiş uçun imkoniyat yöqotilgani yöq.
Albatta, «Atletiko» va «Borussiya» öz öyinlarini yuz foizlik natija bilan tugatişni istaydi. Sababi, guruhda 1-örinni oliş va keyingi bosqiçda nisbatan osonroq raqibga röbaru kelişni maqsad qilişlari turgan gap. Özaro öyinlarda Dortmund jamoasining ustunligi borligi tufayli, jadvalni boşqarmoqda, demak «Atletiko» guruh ğolibi bölişi uçun «Borussiya»ning oçko yöqotişidan umid qilişga töğri keladi. Xullas, agar intriga topaman deyilsa, har qanday holatdan ham buni uddalaş mumkin.
Darvoqe, Madriddagi öyin boşqa öyinlardan ikki soat ertaroq boşlanişiga e'tibor qaratişingiz mumkin.

V GURUHI
PSV – BARSeLONA (01:00)
TOTTeNHEM – INTeR (01:00)
5-tur oldidan keyingi bosqiçga rasman çiqqan jamoa «Barselona» edi. Ammo şunday bölsa-da, kataloniyaliklar qatnaşadigan öyinlarning ham ahamiyati katta. Birinçidan, jamoaning özi yana qançadir kerakli oçkoni qölga kiritib, guruhdagi 1-örinni ham özlariniki qilib olişlari kerak. Ikkinçidan, sönggi turdagi «Barselona» – «Tottenhem» öyinida mehmonlarni faqat ğalabagina keyingi bosqiçga olib çiqişi mumkin. Bu öyin ham köpçilikning e'tiborida bölişi tabiiy.
«Tottenhem» mana şu imkoniyatni sönggi turga saqlab qoliş uçun ham bugun «Inter» ustidan öz maydonida ğalaba qozonişi şart. Hozirça, «Tottenhem» milanliklardan uç oçko ortda qolmoqda. Birinçi davradagi öyin 2:1 hisobida mezbonlar foydasiga hal bölgan. Demak, Poçettino şogirdlari imkon qadar ikki töp farqi bilan yoki 1:0 hisobida yutişlari kerakki, ana öşanda özaro öyinlardagi ustunlik inglizlar tomonga ötadi va ular «Inter»ni quvib ötadilar.
Sönggi turda «Inter» «PSV»ni qabul qilişini e'tiborga olsak, «Tottenhem» keyin Barselonada ham ğalaba uçun öynaşiga töğri keladi. Körinişidan bu oğir vazifani uddalaşga londonliklar bel boğlaydilarmi, yöqmi, buni bugun kuzatamiz. Esingizda bölsa, ikki yil oldin ham, guruhda «Tottenhem» xuddi şu holatga tuşib qolgandi va Poçettino jamoasiga işonmay, muhim öyinda ikkinçi tarkibni tuşirib, APL öyinlariga e'tibor qaratişni ma'qul körgandi. Ötgan ikki yilda «Tottenhem» va uning murabbiyi ambitsiyalari qay darajada ösganligini tomoşa qiliş ham qiziq bölsa kerak.
Dastlabki vazifa uçun jamoa tayyor. Buni biz şanba kuni «Çelsi»ga qarşi öyinda ham kördik. «Uembli»da Sarri jamoasiga deyarli imkoniyat qoldirilmadi. Ammo bu safargi raqib ança extiyotkor, xotirjam Italiya jamoasi ekanini ham ta'kidlaş kerak.

S GURUHI
NAPOLI – TsRVeNA ZVeZDA (01:00)
PSJ – LIVeRPUL (01:00)
Agar, umuman guruh bosqiçidagi markaziy guruh sifatida S guruhini aytsak, bugun mana şu markaziy guruhdagi eng markaziy öyin bölib ötadi. «PSJ» öz maydonida «Liverpul»ni qabul qiladi.
«PSJ» Fransiyada har qança rekordlarni yangilamasin, agar Yevropadagi jiddiy jamoalarga qarşi öyinlarda özini körsata olmasa, loyihani muvaffaqiyatsiz deb baholaş mumkin. Mana, bu mavsum YeÇLdagi barça top-öyinlarda jamoa ğalaba qozona olmadi. «Liverpul»dan mağlubiyat, «Napoli» bilan ikki öyinda ham durang. Faqat «Tsrvena Zvezda»ning raqobatçilar bilan öyinlarda matonat körsatib, oçkolar tortib olişgani parijliklarga qöl keldi va jamoa hozirda yaxşi imkoniyatga ega bölib turibdi. «PSJ» bugun «Liverpul»ni yengib, Belgradda ham ğalaba qozonsa, har qanday holatda guruhdan çiqadi. Lekin aksinça, agar «PSJ» bugun mağlubiyatga uçraydigan bölsa va hatto agar durang qayd etiladigan bölsa ham, nazariy tomondan ham bor imkoniyatdan mosuvo bölişi mumkin.
Turnir holatidan taşqari ham bu öyin intrigalarga töla. Masalan, öz vaqtida «Borussiya»ni gullatgan ikki murabbiyning navbatdagi qarama-qarşiligini köriş ança qiziq bölsa kerak. «Liverpul» uçun ham bu öyin hayot va mamot masalasidek gap. Hozirda jadvalni boşqarib turgan liverpulliklar agar Parijda yutqazişsa, sönggi tur oldidan qiyin vaziyatda qolişlari mumkin. «Napoli» ustidan 2 töp farqi bilan ğalaba qozoniş lozim bölib qoladi. Bu yanada qiyin işligini alohida aytib şart emas.
Parijliklar murabbiyi Tomas Tuxel öyin oldidan ötkazilgan matbuot anjumanida muxlislarni xursand qildi: Neymar va Mbappe nihoyat maydonga tuşişlari mumkin. Bu futbolçilar jismoniy tarafdan qay holatdaligi noma'lum, lekin mana şu faktning öziyoq jamoa öyinini kuçaytiradi, Kavanining yelkasiga tuşib qolgan yukni kamaytiradi.
«Liverpul» tarkibida Klayn, Solanke, Lallana kabi jarohatlanganlarga e'tibor qaratmaslik mumkindir, ammo Sadio Manening holati aniq emas. Senegallik futbolçi jamoa bilan Parijga uçib kelgan bölsa-da, hatto Klopp ham uning öyinga qançalik tayyorligi borasida biror aniq gap aytolmadi. Ammo Şakirining yaxşi öyin körsatayotgani va Firminoning nihoyat ikki oylik golsiz davrni tugatib olganiga qarasak, inglizlar uçun ham optimistik faktorlar yetarli.

D GURUHI
LOKOMOTIV – GALATASAROY (23:00)
PORTU – ŞALKe (01:00)
Turnirning ilk öyinida «Lokomotiv» Istanbulga safar qilgan va öyin borasida raqibidan u qadar yomon körinmagan bölsa-da, yakunda yirik hisobda mağlubiyatga uçragandi. Aynan şu öyin moskvaliklar uçun tayanç nuqtasi böldi va Semin jamoasi keyingi öyinlarni ham öşa kayfiyatda ötkazdi. Natijada, «temiryölçilar» Çempionlar Ligasi guruh bosqiçida birorta ham oçko qölga kirita olmagan ikki jamoadan biri bölib turibdi.
Turklar uçun esa öşa ğalaba keyingi muvaffaqiyatlar uçun deboça böla olmadi. Keyingi uç öyinda «Galatasaroy» boşqa ğalaba qozona olmadi, jamoa futbolçilari bu öyinlarda hatto birorta gol urişning ham uddasidan çiqa olişmadi. Hozirda, «Galatasaroy» va «Şalke» örtasidagi farq 4 oçkoni taşqil qilmoqda. Ya'ni, endi turkiyaliklar qolgan ikki öyinni ğalaba bilan tugallagan taqdirda ham, yana «Şalke»ning «Lokomotiv» bilan öyinda ham oçko yöqotişini kutişga töğri keladi.
«Şalke» Portugaliyaga safar qiladi. «Portu» raqibidan 2 oçko oldinda bormoqda va guruh masalasini rasman hal qiliş uçun durang ham kifoya. Yoki «Galatasaroy»ning oçko yöqotişi ham portugaliyaliklarni pley-off yöllanmasi egasiga aylantiradi.
Qiziği, «Portu» ham, «Şalke» ham 4-turdan söng yöllanmani rasman egasi bölmadi. Ammo şunday bölişi mumkinki, agar ikki soat oldin Moskvada boşlanadigan öyinda durang qayd natija etiladigan bölsa, har ikki jamoa ham hali maydonga tuşmasdan turib, rasman pley-off iştirokçisiga aylanadi.














