Joriy yilning noyabr oyida xalq SPOsi – investorlar tomonidan Qo‘qon mexanika zavodi aksiyalarini sotib olish uchun arizalar qabuli  boshlanadi. «Fridom Finans» investitsion kompaniyasi asoschisi Timur Turlov mamlakatning bu yo‘nalishdagi imkoniyatlari haqida so‘z yuritdi vaO‘zbekiston shaharlari bo‘ylab keng ko‘lamdagi road show boshlanishini ma'lum qildi.

O‘zbekiston hukumatining Qo‘qon mexanika zavodi aksiyalarini birjaga chiqarish borasidagi qarori korxonalarni xususiylashtirish milliy strategiyasi doirasida qabul qilindi. Ommaviy taklif tashabbuskori «O‘zneftgazmash» AJ, ommaviy taklif tashkilotchisi – O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, aksiyalarga egalik qilish bilan bog‘liq xatti-harakatlar tashkilotchisi esa, joriy yilning sentabr oyida «Toshkent» fond birjasi bilan hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuvni imzolagan «Fridom Finans» investitsion kompaniyasidir.

Foto: Fridom Finans

Qo‘qon mexanika zavodi – O‘zbekiston mashinasozlik tarmog‘ida peshqadamlik qiluvchi va O‘zbekneftgazning asosiy yetkazib beruvchi tashkilotidir. Kompaniya neft-gaz va kimyo sohasi uchun uskunalarni o‘z ichiga olgan 50 turdan ziyod mahsulotlarni ishlab chiqaradi. Qo‘qon mexanika zavodining asosiy aksiyadori «O‘zbekneftgaz» milliy xolding kompaniyasi qoshidagi «O‘zneftgazmash» Aktsionerlik Jamiyatidir. Ikkilamchi joylashtirish (SPO) doirasida zavodning 2,2 mln aksiyalarini sotish mo‘ljallanmoqda, bu o‘z navbatida, «O‘zneftgazmash» ulushini 64,08%gacha tushiradi va boshqa aksiyadorlar ulushini 35,92%ga chiqaradi. Aktsiyalarni sotish natijasida tushgan mablag‘lar ishlab chiqarishni yangilash, kengaytirish va modernizatsiya qilishga hamda yangi bozorlarni o‘zlashtirishga yo‘naltiriladi.

«Oxirgi besh yil davomida Qo‘qon mexanika zavodi daromadlari barqoror o‘sib bormoqda, 2017 yilda esa rekord raqam – 84 mlrd. so‘mga erishildi. 2017 yilda sof foyda 2016 yil bilan solishtirganda 33%ga o‘sdi, so‘ngi besh yil ichida dividendlar miqdori 2,7 barobar oshdi. Qo‘qon mexanika zavodining Qozog‘iston, Rossiya, Qirg‘iziston va Turkmaniston bozorlariga chiqishi sababli aksiyalar kursining o‘sishi kutilmoqda. Bundan tashqari, mahsulotlar xilma-xilligini orttirish va yangi xizmatlarni ishga tushirish rejalashtirilmoqda. Ishlab chiqarishning barqaror o‘sishi investorlarga doimiy daromadni ta'minlab berishga imkon yaratadi», - deb ta'kidladi, «Qo‘qon mexanika zavodi» boshqaruvi raisi  Sh. Yuldashev.