Jamiyat | 16:04 / 29.11.2018
14715
2 daqiqa o‘qiladi

Kollej o‘quvchisi yirik o‘g‘rilikni sodir etdi

Toshkent viloyatining Nurafshon shahrida jinoyat yuz berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Qayd etilishicha, shu yil 23 noyabr kuni “Ma'rifat” MFYda yashovchi M.M. IIBga murojaat qilib, unda shu yil 18 noyabr kuni noma'lum shaxs Nurafshon shahar dehqon bozori hududidagi savdo rastasida qarovsiz qoldirilgan, ichida 1000 AQSh dollari, 9 mln. 500 ming so‘m puli, 29 turdagi zargarlik buyumlari, “K-10” rusumli mobil telefoni hamda 2 dona fuqarolik pasporti bo‘lgan sumkani o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Nurafshon shahrida yashovchi, “Chingeldi” maishiy xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji 3-bosqich o‘quvchisi I.I. sodir etganligi aniqlanib ushlangan. 

Tergov harakatlari davom etmoqda.

Mavzuga oid