Farğona viloyati Qöqon şahrida «aqlli avtobus»lar qatnamoqda.

FizMat öquv markazi hamda Qöqon davlat pedagogika instituti talabalari B. Hayitov, X Yunusov, A Inomjonov va U Isroilov tomonidan innovatsion loyiha hayotga tatbiq etildi.

«Mazkur loyihadan közlangan asosiy maqsad xalqimizning xorijiy tillarga bölgan munosabatini yaxşilaşdan iborat. Öz nomidan ma'lumki, «aqlli avtobus»da örindiqlarga kundalik turmuşda eng köp işlatiladigan sözlar ingliz va özbek tillarida yozilgan luğaviy kartinkalar örnatilgan. Endilikda, odamlarimiz öz manzillariga ketiş jarayonida ingliz va rus tillarini örganib ketişlari mumkin», deyiladi mualliflar izohida.

Ma'lumot uçun, şaharda 2019 yilning sentabr oyida hunarmandçilik festivali ötkaziladi. 

Bu loyiha qöqonliklarga festival vaqtida taşrif buyuradigan sayyohlar bilan muloqot qila olişi uçun xorijiy tillarni özlaştirişida katta yordam berişi közda tutilgan. Kelgusida Smart Bus loyihasini yanada rivojlantiriş maqsadida koreys va nemis tillarini ham qöşiş rejalaştirmoqda.