26 noyabrda işga tuşirilgan Moskva osma arqon yöli 28 noyabrda kompyuter serverlariga qilingan kiberhujum sababli noma'lum muddatga töxtatildi.
Moskva meri Sergey Sobyanin osma arqon yölini 26 noyabrda rasman oçgandi.
Funikulyorning xodimlari taxminan soat 14da kabinkalarni tezkorlik bilan töxtatib, ulardagi odamlarni yaqin oradagi stansiyalarda tuşirişgan.
Ma'lum qilinişiça, osma arqon yölini noma'lum xakerlar buzib kirişmoqçi bölişgan. Xakerlar funikulyorni boşqaruvçi taşkilot serverlariga hujum qilib, yölovçilar uçun xavf hosil qilişgan. Mutaxassislar tizimlarni tekşirib, ularning normal işini tiklaşmoqda. Osma arqon yöli qaçon işga tuşişi sayt orqali ma'lum qilinişiga va'da qilingan.
“Yetkazilgan noqulayliklar uçun uzr söraymiz. Keyingi iş jadvali ortidan srkvg.ru saytida kuzating”, deyilgan xabarda.
Moskva rahbariyati Vorobevi gori tepaligi va “Lujniki” stadionini 2018 yilgi jahon çempionatiga boğlaşga harakat qilişgan. Biroq funikulyor qurilişi köproq vaqt talab qilgan. Natijada obekt rejalaştirilgandan 700 metr köproqqa çözilgan. U soatiga 1600 kişini taşiy oladi.












