28 noyabr kuni Oqsaroy binosida oliy ta'lim muassasalari talabalari uçun suratlar körgazmasi bölib ötdi. Özbekistonning birinçi prezidenti Islom Karimov hayoti va faoliyati aks etgan mazkur suratlar körgazmasida Tatyana Karimova ham iştirok etdi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri. 

Tatyana xonimning özi har bir surat bilan talabalarni taniştirib, uning paydo bölişi tarixi va u bilan boğliq xotiralar haqida sözlab berdi.

"Islom Abduğaniyeviç turnalarni yaxşi körardi. Turnalar tinçlik ramzi ekanligini bot-bot takrorlardi", - deya eslaydi u.

2009 yili qad rostlagan "Özbekiston" xalqaro anjumanlar saroyi tomida hamda 2005 yilda bunyod etilgan  Ezgulik arkasi (Mustaqillik maydoni)da ham parvozga şaylangan turnalarni köriş mumkin. Tinçlik va baxtli hayotga işonçni anglatuvçi bu ramziy bezak ğoyasi Islom Karimovga tegişlidir.

Körgazma yakunida Tatyana Karimova talabalarning har biriga öz qöli bilan sovğa topşirdi. 

Ma'lumot uçun, Oqsaroy majmuasi duşanbadan taşqari har kuni 9.00dan 18.00gaça  aholi uçun oçiq.​