Prezident Şavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatiga taşrifi davomida Xiva tumanidagi «Khiva Silk Fabric» korxonasini borib kördi.

Böş turgan binoni modernizatsiyalaş orqali amalga oşirilgan loyihaning birinçi bosqiçi joriy yil avgust oyidan işga tuşirilgan. Xitoydan ixtisoslaşgan uskunalar olib kelib örnatilgan. 

Klaster usuliga asoslangan korxona yiliga 140 tonnadan ziyod quruq pillani qayta işlaş quvvatiga ega. Bu yerda 110 kişi, asosan ayollar iş bilan ta'minlangan. Viloyat miqyosida olganda esa, bugungi kunda pillaçilik tarmoğida mingta doimiy, 30 mingta mavsumiy iş örni yaratilgan.

Davlat rahbari korxona faoliyati bilan tanişdi, işçilar bilan suhbatlaşib, pillaçilikda odamlarni, ayniqsa, ayollarni iş bilan ta'minlaş böyiça katta imkoniyatlar borligi, xorijdan katta bargli tut navlarini olib kelib, şunday korxonalarni har bir tumanda taşkil etiş zarurligini ta'kidlagan.

«Kelgusi yildan korxonada ipak tolasidan mato va tayyor kiyim-keçak tayyorlaş, ğumbakdan laboratoriya usulida yoğ oliş yölga qöyiladi. Ipakni olgandan keyin pilla içida qoladigan ğumbakka şu kungaça bizda çiqindi sifatida qaralgan. Oqsilga juda boy ğumbakdan kosmetologiyada işlatiladigan qimmatbaho yoğ olinadi. Xitoyda bu yoğning 1 litri 40-50 dollar atrofida sotiladi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Korxonada xitin va xitozan moddasi, biologik faol qöşimçalar, ğumbak konservasi, tut bargidan çoy va şirinliklar işlab çiqariş ham közda tutilgan. 

Hozirdanoq qiymati 1,1 million dollarga teng eksport şartnomalari imzolangan. Xususan, Xitoy va Pokistonga ipak mahsulotlari yetkazib beriş rejalaştirilgan.

Şu yerda Xorazmda çorvaçilik, parrandaçilik, baliqçilik va boğdorçilikni rivojlantiriş, qovun yetiştirişni köpaytiriş va eksport qiliş, asosiy va takroriy ekinda şoli yetiştirişga oid istiqbolli loyihalar taqdimoti ötkazildi. 

Prezident loyihalarni sifatli bajariş, aholini sifatli oziq-ovqat bilan ta'minlaş, iş örinlari va daromad manbalarini köpaytiriş yuzasidan körsatmalar berdi. Toşsoqa magistral suğoriş kanallarini qayta quriş böyiça bajarilgan işlar bilan tanişar ekan, quriliş işlarini izçil davom ettiriş, suvni tejaşga qaratilgan bunday loyihalarni boşqa viloyatlarda ham amalga oşiriş zarurligini ta'kidladi.