Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatiga ikki kunlik safarini yakunlab, Toşkentga qaytib keldi.

Prezident taşrifning oxirgi qismida  Urganç şahri markazidagi Al-Xorazmiy va Pahlavon Mahmud köçalari kesişmasidagi maydonga taşrif buyurib, quriliş loyihalari bilan tanişdi.

Bu yerda Jaloliddin Manguberdi memorial boğini barpo etiş rejalaştirilgan.

Prezident Jaloliddin Manguberdi haykali buyuk bobomizning jasorati va şonu şavkatiga mos mahobatli bölişi, uning atrofidan nur taralib turişi kerakligini ta'kidlagan.

«Bu maydonda tariximiz namoyon bölişi, u Xorazmning «taşrif qoğozi»ga aylanişi kerak. Şuning uçun tarixçi olimlar bilan maslahatlaşib, maydonni çuqur mazmunli, çiroyli, jozibali qiliş zarur», - deya Şavkat Mirziyoyevning sözlarini keltirgan prezident matbuot xizmati.

Prezident boğ hududini kengaytiriş va obodonlaştiriş, har bir elementda qadimiylikni aks ettiriş böyiça öz tavsiyalarini bergan.

Şu yerda Urganç şahri markazini batafsil rejalaştiriş, köp qavatli uy-joylar quriş, issiqlik va içimlik suvi ta'minotini yaxşilaşga doir loyihalar böyiça ham ma'lumot berilgan.

Şu bilan prezidentning Xorazm viloyatiga taşrifi yakunlandi.