2018 yil 29 noyabr kuni soat 01:30larda 4 nafar noma'lum şaxs mast holda Jizzax viloyatining Foriş tumani hududida xizmat vaqti va kiyimida bölgan tuman IIB xodimining boş va yuz qismlariga urib-tepib jarohat yetkazib, voqea joyidan qoçib ketganlar.
Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi xabariga köra, natijada xodim kasalxonaga yotqizilgan.
Körilgan çoralar natijasida uşbu jinoyatni “Xonbandi” MFYda yaşovçi, muqaddam sudlangan Ş.U., F.Ğ., J.H. va “Oqtepa” MFYda yaşovçi H.M. sodir etganliklari aniqlanib, uşlanganlar.
Holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.












