Kun.uz tahririyati Jizzax viloyati Zarbdor tumani aholisini qiynab kelayotgan muammolardan biriga e'tibor qaratdi. Şikoyatga köra, tumandagi «Zarbdor dehqon bozori»da aholi uçun mutlaqo şaroitlar yaratilmagan.
Zarbdor tuman markazidagi Jizzax–Qöqon katta yöli yoqasidagi bozorga kirib borar ekanmiz, ilk qadamlardanoq şikoyatdagi vajlar öz tasdiğini topa boşladi.
Dehqon bozori darvozasidan içkariga qadam qöyar ekansiz, hovliga tartibsiz tökib taşlangan çiqindilarga közingiz tuşadi. Atrofdagi daydi itlar odamni çöçitadi. Hadik bilan aylanib ötsangiz ham, ular sizni göşt rastalari oralab kutib olişadi. Darvoqe, göşt mahsulotlari ham sanitariya qoidalariga mutlaqo zid tarzda oçiq osmon ostidagi rastalarda sotilmoqda. Oziq-ovqatlar savdosi haqida biroz keyinroq hikoya qilib beramiz.
Buyum bozori. Nimqoronğu, bir-biriga ziç tarzda joylaştirilgan rastalar oralab yuriş qiyin, çunki qoronğu va tor yölaklar ham çiqindiga töla.

«Nega suratga olyapsiz, tinçlikmi?», - huşyor sotuvçining savoliga javob bergunimizça, boşqa tadbirkorlar suhbatga qöşildi.
«Kelib yaxşi iş qilibsiz. Men qassobman. Bozorda umuman şaroit yöq. Yomğir yoqqanda kelsangiz, rezina etiksiz kirolmaysiz bozorga. Hujjatimiz bor, savdo yöq. Çunki, köçadagi heç qanday hujjati yöq qassoblarning tekşirilmagan arzon göştini odamlar bozorga kirmayoq olib ketişadi. Bozorda şaroit bölmagandan keyin kim ham kirardi! Ammo biz uşbu şaroiti yöq rastalar uçun bozor ma'muriyatiga pul tölamoqdamiz», deydi sotuvçilardan biri.
Haqiqatan ham, katta köçaga çiqqunça betartib çözilib ketgan rastalarda hamma narsani topiş mumkin: olma, anor, supurgi, göşt, mix, samovar, ehtiyot qismlar, koreysça salatlaru non ham. Xullas, oçiq maydonda kimning nimasi bölsa sotişi, kimga nima kerak bölsa olişi mumkin. Suhbatdoşlarimiz esa biri olib, biri qöyib şaroit yöqligini gapirişadi.

«Bu haqda bir neça bor bozor ma'muriyatiga murojaat qilganmiz. Foydasi yöq. Paxta terimidan keyin gaplaşamiz, degan mujmal javobni berişgan. Har yili şu javob», deydi sotuvçilardan biri.
«Vetvraç ham, SES (DSENM) ham işlamaydi, bozor hududiga yaqin yölamaydi. Biz atrofimizni tozalaymiz, xolos. Tölovlarga kelganda heç kimning esidan çiqmaymiz, lekin şaroit yöqligiga birov kuymaydi. Vaziyat ayniqsa yakşanba kunlari butunlay izdan çiqib ketadi», deydi u.




















