Superliganing 32-turidagi «Paxtakor»–«Bunyodkor» öyinidan söng (4:0) mezbonlar boş murabbiyi Şota Arveladze «qaldirğoçlar»ga qarşi öyinning prinsipial ahamiyati haqida töxtalib ötdi. Bu haqda Tribuna.uz muxbiri xabar bermoqda.

«Öyin haqida fikrlarimga töxtalişdan oldin, «Lokomotiv»ni yana bir marta tabriklaşni istardim. Ular bugun Namanganda «Navbahor»ni mağlub etişdi. Bu jamoa bilan uç kun oldingi öyinimizni şaraf uçun keçgan bahs deb bölmasdi. Bizda imkoniyat bor edi va biz ana şu imkon uçun öynagandik. Bugun esa «Paxtakor» nomi uçun maydonga çiqdik.

Futbolçilar yaxşi öyin körsatişdi, köplab vaziyatlar böldi va uçinçi örin uçun kuraşgan «Bunyodkor» ustidan haqli ravişda ğalabaga erişdik. 

12 fevralda Osiyo Çempionlar ligasiga ötiş öyinida qatnaşamiz. Nasib etsa, 19 fevralda ikkinçi uçraşuv böladi. Birinçi raqibimiz – Iroqning «Al-Quva Al-Javiya» oxirgi uç yildan buyon ketma-ket OFK Kubogida ğalaba qozonib kelyapti. Şunday ekan, oldinda bizni juda jiddiy raqib kutmoqda.

24 dekabrdan yiğin boşlaymiz va unda formaga kiriş uçun asosan gimnastika maşqlari böladi. Taxminan 14 futbolçimiz terma jamoalarda bölişadi. Nasib qilsin – terma jamoamiz oxirigaça yetib borsin-u, biz ularni dekabrda ham, yanvar oxirida ham safimizda körmaylik», - deya qayd etib ötdi Arveladze.