
Özbekiston Matbuot va axborot agentligi kubogi uçun mini-futbol bahslari bugun, 1 dekabr sanasidan start oldi.
5 dekabrga qadar davom etadigan musobaqada jami 24ta jamoa 6ta guruhga bölingan holda boş sovrin uçun kuraş boşladi. Öyinlar Özbekiston futbol assotsiatsiyasiga qaraşli sun'iy qoplamali maydonlarda, 20 daqiqadan davom etuvçi ikkita bölim asosida bölib ötmoqda.

Bugungi rasmiy oçiliş tadbirida sözga çiqqan ÖzMAA boş direktorining birinçi örinbosari Sobir Şukurovning ma'lum qilişiça, bunday futbol musobaqasi agentlik tarixida ilk marta ötkazilmoqda. Şukurov bunday turnirlar keyingi yillarda ham yaxşi an'anaga aylanib, OAVda faoliyat körsatayotgan ijodkorlar örtasida döstlik va hamjihatlikni mustahkamlaşiga işonç bildirdi.

Nizomga köra, öz guruhlarining ğoliblari hamda 2-örin sohiblari orasida eng yaxşi körsatkiçga ega bölgan ikkita jamoa pley-off bosqiçida kuraşni davom ettirişadi.
Ğolib jamoa oltin medal, diplom, kitoblar töplami hamda 10 million söm bilan taqdirlanadi. Ikkinçi va uçinçi örin sohiblari ham kumuş va bronza medallari, kitoblar töplamlari hamda sakkiz va olti million söm pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
Şuningdek, musobaqa taşkilotçilari tomonidan turnirda eng yaxşi deb topilgan darvozabon, himoyaçi va hujumçiga ham maxsus sovğalar taqdim etilişi rejalaştirilgan.
Musobaqaning «E» guruhidan joy olgan KUN.UZ birinçi turda Özbekiston Milliy kutubxonasi jamoasiga qarşi maydonga tuşib, 4:0 hisobida ğalaba qozondi. Uçraşuvda barça gollar ikkinçi bölimda kiritildi; Ma'rufjon Asqarov dubl qayd etgan bölsa, Bahodir Ahmedov va Rahmatillo Isroilov bittadan golga mualliflik qildi.
Guruhdagi ikkinçi uçraşuv «Mahalla» gazetasi va Monitoring markazi xodimlari örtasida keçdi; unda markaz jamoasi 3:1 hisobida ğalaba qozondi. KUN.UZ ertaga «Mahalla», duşanbada esa Monitoring markazi jamoasiga qarşi maydonga tuşadi.

Turnirning dastlabki kunida quyidagi natijalar qayd etildi:






















