Passport Index reytingiga köra, BAA pasporti dunyodagi eng kuçli pasport deb topildi, deb xabar berdi The National naşri.

"Dunyo BAA xalqi uçun öz eşiklarini oçadi", deb izohladi BAA vitse-prezidenti va boş vaziri, Dubay hukmdori şayx Muhammad ibn Raşid Al Maqtum özining Twitter blogida.

BAA taşqi işlar vazirligi 2021 yilgaça mazkur mamlakat pasportini dunyoning eng kuçli pasportlari beşligiga kiritişni maqsad qilgan Passport Force taşabbusini ilgari surgandi. 2016 yil dekabrdagi reytingda Amirlik pasporti 27-örinda joylaşgandi.

Bugungi kunda BAA fuqarolari 167 mamlakatga vizasiz bora oladi. 

Reytingga köra, Özbekiston pasporti 68-örinni egallamoqda. Özbekistonliklar 63 ta davlatga viza olmagan holda sayohat qilişlari mumkin: ular 26 ta davlatga vizasiz borişlari mumkin, 37 ta davlatga esa kirişda viza olişlariga töğri keladi. Özbekistonliklar viza olişlari kerak bölgan davlatlar 135 tani taşkil qiladi.