Irlandiya poytaxti Dublin shahrida Yevro-2020 musobaqasining saralash bosqichiga qur'a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi va Yevropadagi 55ta milliy terma jamoa saralash bosqichidagi o‘z raqiblari nomini bilib olishdi.

Chempionatning amaldagi g‘olibi Portugaliya terma jamoasi B guruhidan joy oldi, bu guruhda yana Ukraina, Serbiya, Litva va Lyuksemburg kabi terma jamoalar bor.

2018 yilgi jahon chempioni bo‘lgan Fransiya esa H guruhida Islandiya, Turkiya, Albaniya, Moldova va Andorra kabi terma jamoalarga qarshi bahs olib boradi.

Saralash bosqichida 55 jamoa 10 guruhga ajratilgan. Guruh bosqichi 2019 yil noyabrida start oladi.

Yevropa chempionati 2020 yilning 12 iyunidan 12 iyuliga qadar qit'aning 12ta yirik shahrida o‘tkaziladi.

A guruhi: Angliya*, Chexiya, Bolgariya, Chernogoriya, Kosovo*.

B guruhi: Portugaliya*, Ukraina*, Serbiya*, Litva, Lyuksemburg.

C guruhi: Niderlandiya*, Germaniya, Shimoliy Irlandiya, Estoniya, Belarus*.

D guruhi: Shveytsariya*, Daniya*, Irlandiya, Gruziya*, Gibraltar.

E guruhi: Xorvatiya, Uels, Slovakiya, Vengriya, Ozarboyjon.

F guruhi: Ispaniya, Shvetsiya*, Norvegiya*, Ruminiya, Farer orollari, Malta.

G guruhi: Polsha, Avstriya, Isroil, Sloveniya, Makedoniya*, Latviya.

H guruhi: Fransiya, Islandiya, Turkiya, Albaniya, Moldova, Andorra.

I guruhi: Belgiya, Rossiya, Shotlandiya*, Kipr, Qozog‘iston, San-Marino.

J guruhi: Italiya, Bosniya va Gertsegovina*, Finlyandiya*, Gretsiya, Armaniston, Lixtenshteyn.

*Millatlar Ligasining guruh bosqichi g‘oliblari o‘zlari uchun kamida o‘tish o‘yinini kafolatlab qo‘yishgan.