Buyuk Britaniyaning The Legatum Institute tahliliy markazi navbatdagi yillik farovonlik reytingini e'lon qildi.
Reyting xavfsizlik va muhofaza, ta'lim, soğliqni saqlaş, iqtisodiyot, biznes-muhit, şaxsiy erkinlik kabi töqqizta körsatkiç asosida tuzildi.
Farovonlik-2018 reytingida ötgan yilgi reytingdagi singari Norvegiya, Yangi Zelandiya va Finlyandiya yetakçi böldi.
Markaziy Osiyo mamlakatlaridan Qozoğiston farovonlik körsatkiçlari böyiça 73-öringa, Qirğiziston 78-öringa, Tojikiston esa 101-öringa munosib körilgan. Özbekiston va Turkmaniston reytingda yöq.
The Legatum Institute taşkilotining dunyo mamlakatlari farovonligi indeksi - bu mamlakatlarning farovonlik va gullab-yaşnaş nuqtai nazaridan yutuqlarini baholovçi umumiy körsatkiç. Reyting jamiyat hayotidagi turli aspektlarni aks ettiruvçi qator körsatkiçlarga asoslanib tuziladi. Indeks ijtimoiy farovonlik va global kölamda uning rivojlanişini örganişni öz oldiga maqsad qilib qöygan.













