Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyada leyboristlar Meyga ishonchsizlik votumi bilan tahdid qilishdi
Buyuk Britaniya parlamentining Leyboristlar partiyasidan a'zosi Keyr Starmer so‘zlariga ko‘ra, partiya mamlakat bosh vaziri Tereza Meyga ishonchsizlik votumi bildirishi mumkin. Bu haqda Sky News xabar tarqatdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, agar Britaniya parlamenti Meyning Brexit bo‘yicha kelishuvini qabul qilmasa, leyboristlar «bu qadamga» boradi.
Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, bu vaziyatda Britaniyaning Yevropa ittifoqi tarkibidan chiqishi bo‘yicha ikkinchi referendum eng yaxshi variantga aylanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq The Guardian nashri Mey parlament sukunatini unvonlar evaziga sotib olishga uringani haqida yozgandi.
Qayd etilishicha, Tereza Meyni Britaniya mukofotlar tizimini devalvatsiya qilishda ayblab chiqishgan, bu u parlament a'zosi Jon Xeysga ritsarlik unvoni bergani tufayli sodir bo‘lgan.
Mavzuga oid
18:58 / 09.07.2026
McLaren afsonaviy V8 superkarining yakuniy versiyasini taqdim qildi
21:11 / 03.07.2026
Britaniyalik siyosatchilar «Masha va Ayiq» multfilmini taqiqlashga chaqirdi
20:11 / 30.06.2026
Britaniyada nam salfetkalarni sotish taqiqlandi
22:32 / 26.06.2026