O‘zbekiston | 14:39 / 03.12.2018
12674
1 daqiqa o‘qiladi

Eron firmasi O‘zbekistonda yangi fabrika qurishga 20 mln yevro ajratadi

Foto: iStock

Eronning Zarin Taj Mahan Industry Group firmasi O‘zbekistonda eshilgan ip ishlab chiqarishni tashkil etish uchun 20 million yevro yo‘naltiradi. Bu haqda «O‘zbekiston 24» telekanalining «Tahlilnoma» dasturida xabar berildi, deb yozmoqda Spot.

Xabar qilinishicha, kompaniya Qashqadaryo viloyatida kunlik hajmi 24 tonna bo‘lgan, eshilgan ip ishlab chiqarish bo‘yicha fabrika qurishni rejalashtirmoqda. Bunga 20 million yevro sarmoya kiritish mo‘ljallangan.

Loyihani amalga oshirish mahalliy aholi uchun 500ga yaqin yangi ish o‘rni yaratishni o‘z ichiga oladi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid