Internetga «Yandeks» kompaniyasi 5 dekabrda taqdim qilişi kutilayotgan «Yandeks. Telefon» smartfoni haqidagi ma'lumotlar çiqib ketdi. Qurilmaning körsatkiçlari haqidagi ma'lumot elektronika va maişiy texnika sotuvçi yirik kompaniyalardan biri saytida paydo bölgan. Ayni vaqtda uşbu sahifa öçirib taşlangan, biroq uni Google keşida köriş mumkin.

Ma'lumotlarga köra, smartfon 8 yadroli protsessor, 5,65 dyyumli displey, 4 Gb tezkor va 64 Gb doimiy xotira oladi. Doimiy xotirani microSD kartalari yordamida oşiriş mumkin.

Qurilma LTE tarmoqlarida ikkita SIM-karta bilan işlay oladi, tezkor quvvatlanişni qöllab-quvvatlaydi va kiçik masofalarda ma'lumotni simsiz uzatiş texnologiyasi – NFC moduli evaziga kontaktsiz tölovlarni amalga oşira oladi. Qurilmaning akkumulyatori 2970 mA-soatni taşkil qiladi. Ma'lum qilinişiça, smartfonning asosiy kamerasi 16+5 Mpli qöş kamera, old kamerasi esa 5 Mpli böladi. Asosiy kamera ostida barmoq izi skaneri joylaşadi. 

Smartfon, şuningdek, quvvatlaş va ma'lumotlarni uzatiş uçun USB-C porti va quloqçinlar uçun 3,5 mmli raz'yom bilan jihozlanadi. Smartfonning narxi 17990 rublni taşkil qiladi.