Fransiya prezidenti Emmanuel Makron 27 noyabr kuni energetika sohasini rivojlantirişning köp yillik rejasini taqdim etdi. Les Echos’da şu haqida xabar berildi.
Energobloklarning yopilişi
Fransiya 2035 yilga borib atom energetikasi uluşini 50 foizga pasaytiradi. Buning uçun mamlakatda işlayotgan 58 energoblokdan 14 tasi töxtatiladi. «Fessenxaym» AESning ikki energobloki 2020 yilning yozida öçiriladi.
Eng eski stansiyalar — «Trikasten», «Byujye», «Gravlin», «Damper», «Blayye», «Kryua», «Şinon», «Sen-Loran»dagi reaktorlar töxtatiladi. Röyxatga EDF (Fransiyadagi eng yirik energoboşqaruv davlat kompaniyasi va dunyodagi eng yirik atom elektr stansiyalari operator-kompaniyasi) köp yillik energetik reja böyiça maslahatlaşuvlari aniqlik kiritadi.
“Men EDF uçun qoidani belgilayman: birorta maydon töliq yopilmaydi. Atom energetikasi uluşini pasaytiriş — undan voz keçiş degani emas”, - deya aniqlik kiritdi Emmanuel Makron va şunçaki tegişli hududlar uçun ijtimoiy-iqtisodiy asoratlarni çeklaş zarurligini qayd etdi.
EDF guruhi uçun atom stansiyalari böyiça qarorlar qulay, şunday bölsa-da kompaniya ularning yopilişini 2029 yilgaça kutişga umid qilgandi.
EDF Fransiya reaktorlari ekspluatatsiyasi muddatlarini 50 va hatto 60 yilgaça uzaytiriş, şuningdek EPR bilan yangi energobloklar quriş taşabbusini bildirmoqda.
Yangi energobloklar qurilişi
“Hozirça biz yangi energobloklar qurilişi borasida heç qanday qaror qabul qilganimiz yöq — bunga şoşilinç zarurat yöq”, - dedi Makron.
Şunga qaramay, Fransiya prezidenti EDF’dan “yangi AES quriliş dasturini yaratiş ustida iş olib boriş va ularning qiymati böyiça qat'iy mas'uliyatni EDF öz zimmasiga olişi”ni söradi.
EDF’ni qayta tuziş
EDF kompaniya tuzilmasini özgartiriş bilan boğliq takliflarni taqdim etişi kerak, deb yoziladi manbada.
EDF'ning 83,7 foizi davlatga tegişli. Kompaniya strategik reja doirasida takliflar tayyorlaguniça davlat kapitalda öz uluşini kuçaytiriş borasida boş qotiradi.











