Ma'lum haqiqat: xalq jamiyatga – bir organizmga aylansagina tom ma'nodagi xalqqa aylanadi. Bu esa xalqning har bir vakili özini öşa organizmning uzviy qismidek his etişi bilan böladi. Xalqning tom ma'nodagi jamiyatga aylanişini uluğ maqsad sifatida tan oladigan bölsak, demak, bunga teskari keladigan işlarni, oz emas köp emas, zararkunandalik – xalqning jamiyatga aylanişi yöliga tösiq qöyiş, deb e'tirof etişimizga töğri keladi.
«Vatan» va «ona» tuşunçalarining muştarakligi
Vatan tuşunçasi köpqirrali, ammo qirralarini sanab ötiş qiyin bölmagan tuşunçadir. Kişi vatanida özini yengil, erkin, göyo bola özini ona bağrida his etgandek his etişini hisobga olib, xalqimiz «ona vatan» iborasini qöllagan. Ona bölişi kerak ekan Vatan.
Kişi «men Vatanimdaman» deya kökragini töldirib ayta olişi uçun omil böladigan jihatlardan biri – vatanini bemalol kezişi va uning xohlagan joyida bemalol qönim topişi. Bu talab bajarilmasa, kişi vatanida özini erkin his etmaydi – begona joyga kelib qolgandek böladi. Bizda holat qanday?
Birgina oddiy hayotiy misol keltiriş asnosida Özbekiston fuqarosi öz vatanida duç keladigan ba'zi aqlbovar qilmaydigan jihatlarni sanab ötamiz. Bir neça yil avval viloyatlardan birida yaşab kelgan bir oila Toşkent viloyatiga köçib kelişiga töğri keldi. Hayot şuni taqozo qildi. Öz uyini sotib, Toşkent viloyatida uy sotib olişi kerak böldi. Uy ham topildi. Ammo:
a) viloyatlarda yaşovçilar Toşkent viloyatida uy sotib olişi qonunan taqiqlangan edi.
«Öz Vataningda xohlagan joydan uy sotib ololmasang-a!» – deyişdi oila vakillari va Toşkentda yaşovçi tanişlarining nomiga sotib olgan uylarini rasmiylaştirişdi. Öz uylarida ijarada turişga majbur bölişdi. Ammo masala bu bilan yeçim topmadi. Keyingi muammo:
b) propiska.
Toşkent şahri va Toşkent viloyati «viloyatliklar» uçun yopiq! «Biz çet eldan kelganmizmi?!» – özlariga özlari xitob qilişdi oila a'zolari va öz uylarida vaqtinça propiska qilib yaşay boşlaşdi. Har uç oyda propiska qiliş yoddan kötarilsa – jarima. Bir marta şunday böldi ham. Ammo, qiziği şundaki, bu oilaning bir a'zosi aravaçada harakatlanadigan nogiron kişi bölib, uni ham... jarimaga tortişdi... Savol: qalbda qönim topgan «Vatan tuyğusi» degan latif «jonivor» bunday holatda özini qanday his etadi?
















