Moddiy jihatdan öziga töq köplab insonlar uçun sayohatlar hayotning odatiy qismiga aylanib ulgurdi. Şunday ekan, nima uçun ularga özlarining haşamatli xonadonlarida dunyoning turli burçaklariga taşrif buyuriş imkoniyatini taqdim etmaslik kerak. “Utopiya” sayohat kemasini yaratuvçilarning asosiy ğoyasi ana şunday. Uning uzunligi deyarli 300 metrga teng, bortdagi xonadonlarning haşamati, uluğvorligi qulayligini ta'riflaşga til ojiz. Suzib yuruvçi rezidensiyalarning narxi 4 million dollardan boşlanib, 36 million dollargaça yetadi.

Uç yildan ortiq vaqtdan söng kema sayohatga otlanadi. U Uimbildon, Riodagi karnaval yoki Olimpiya öyinlari kabi dunyoning yirik sport va madaniy tadbirlariga taşrif buyurişi rejalaştirilmoqda. Bundan taşqari, turli şaharlarga taşrif davomida portda odatdagidek bir neça sutka emas, bir neça hafta davomida qoladi.

Loyiha yaratuvçisi Devid Robning fikriga köra, «Utopiya» - sayohat qilişning eng haşamatli usuli va bu yerdagi köplab xonadonlar allaqaçon sotilgan. Barçasiga qöşimça tarzda, Devidning kruiz kemasiga öxşaş kema boşqa yöq. U 100 yil davomida xizmat qilişi mumkin.

Kemada maydoni 139 dan 576 kvadrat metrgaça bölgan 190 ta xonadon mavjud. Interer moda va vaqt hukmiga böysunmaydigan klassik yeçimlar bilan haşamatli qilib işlangan. Dizaynerlarning asosiy vazifasi «Utopiya»ni kruiz layneri körinişida emas, Markaziy boğdagi haşamatli xonadonni esga soluvçi bölib gavdalanişiga erişiş edi.

Bortda köngiloçar maşğulotlar ham bölişi közda tutilgan. Suzib yuruvçi rezidensiyada yaşovçilar teatr, tungi klub yoki kazinoga borişlari, golf va tennis öynaşlari, jaz tinglaşlari, hovuzda suzişlari, sport zaliga boriş yoki piyodalar yölakçasida sayr qilişlari mumkin. Kruizni amalga oşiriş istagida bölgan, biroq buning uçun katta apartamentlarni xarid qilişni xohlamaydiganlar uçun 160 xonadan iborat butik-mehmonxona faoliyat yuritadi.











