Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti boş direktori Tedros Adxanom Gebreyyesus  tomonidan 2018 yil 16 noyabr sanasida, Özbekiston bezgakdan xoli ekanligini tasdiqlovçi Bezgak eliminatsiyasi böyiça Sertifikat imzolandi.

 

Bezgakka qarşi kuraş, kasallikni kamaytiriş böyiça keng miqyosdagi olib borilgan işlar, bezgak eliminatsiyasi – 2011 yildan buyon mahalliy bezgak qayd etilmaganligi, oxirgi yillarda faqatgina çetdan keltirilgan yakka holatlar qayd etilişi natijasida respublikaning sertifikat olişiga erişildi.

Respublikada bezgak eliminatsiyasi böyiça erişilgan muvaffaqiyatlarni hisobga olgan holda, Vazirlar Mahkamasining 25.01.2016 yildagi 14/10-5-sonli qaroriga köra, mamlakatning barça hududlarida bezgakni eliminatsiyasiga xalqaro sertifikat oliş uçun tayyorgarlik körildi.

2016 yildan 2018 yilgaça bölgan davrda Jahon soğliqni saqlaş taşkilotining qöllab-quvvatlaşi natijasida, Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan keng qamrovli işlar olib borildi, bezgak eliminatsiyasi böyiça Milliy ma'ruza tayyorlandi, 2017-2021 yillarda bezgakni qayta tiklanişini oldini oliş çora-tadbirlari böyiça Dastur va reja işlab çiqildi, 2006 yildan hozirgaça bölgan davrda bezgakka qarşi olib borilgan tadbirlar böyiça hujjatlar töplami, bezgak holatlari va öçoqlari Milliy registri tayyorlandi, bezgakni laborator taşxisoti böyiça referens laboratoriya Xalqaro sertifikatga ega böldi,  bezgakni mikroskopiyasi va bezgak sifatini taşqi nazorati böyiça Standart operatsion muolajalar (SOM) işlab çiqildi va amaliyotga tatbiq etildi, yana bir qator işlar olib borildi.  

Bezgak eliminatsiyasiga sertifikat oliş, 2017-2021 yillarda bezgakni qayta tiklanişini oldini oliş çora-tadbirlari böyiça Dastur asosida, boşqa vazirlik va taşkilotlarning kömagida, mamlakatda erişilgan barqarorlikni saqlab qoliş borasida çora-tadbirlar majmuasini davom ettirişni anglatadi.