«Real» hujumçisi Garet Beyl yilning eng yaxşi goli muallifiga topşiriladigan Ferents Puşkaş sovrini unga nasib etmaganidan hayron qolganini bildirdi.
Eslatib ötamiz, FIFA uşbu sovrinni sentabr oyi oxirida «Liverpul» hujumçisi Muhammad Salohga APL doirasidagi «Everton» bilan öyinda kiritgan goli uçun topşirgan edi.
Töğrisini aytsam, hayron böldim. Mukofotning nufuzi tuşib ketayotganga öxşaydi. Töğri, Salohning goli ham çiroyli çiqqandi. Ammo Puşkaş sovrinini men olişim kerak edi. Işonçim komilki, mening golim eng çiroylisi edi», - degan Beylning sözlarini çop etdi Mundo Deportivo.
Ma'lumot uçun, mukofotga da'vogarlar orasida Beylning YeÇL finalida urgan goli ham bor edi.












