«Real Madrid»ning ikki futbolçisi – Garet Beyl hamda Serxio Regilon «Tottenhem»ga ötişdi.

31 yoşli Garet Beyl 2020/21 yilgi mavsumni ijara asosida London klubida ötkazadi. U yangi jamoasida 9-raqamni tanladi.

Beyl «Tottenhem»da 2007 yildan 2013 yilgaça öynagan, söng 100 mln yevro evaziga «Real»ga ötgan.

Şuningdek, «Real»ning yana bir futbolçisi – 23 yoşli Serxio Regilon ham «Tottenhem» tarkibiga ötdi. Ispaniyalik himoyaçi «şporlar» bilan 2025 yilgaça möljallangan bitim imzoladi.

Xabar qilinişiça, londonliklar Regilon uçun 30 mln yevro tölaşdi. 

Şuningdek, şartnomada «qaymoqranglilar» Regilonni 40-45 mln yevro evaziga qaytarib olişlari mumkinligi ham közda tutilgan. 

Regilon ötgan mavsumni «Sevilya»da ijarada ötkazib, jamoa bilan Yevropa Ligasida ğolib böldi. La Liga doirasida esa 31ta öyinda 2ta gol urdi.