Nyu-Mexiko qoyalaridagi yer osti dunyosi Ra Polett (Ra Paulette) ismli haykaltaroş tomonidan yaratilgan. Yigirma beş yil davomida u toş öymakorligi bilan şuğullangan. Bu vaqt içida u gözalligi böyiça bir neça ğaroyib ğorlarni yaratişga erişdi. Ulardan ayrimlarini turar-joy maskanlariga aylantira oldi.

Foto: Facebook/Ra Paulette

Toşni öyiş san'atini Ra mustaqil ravişda özlaştirgan. Uning yordamçilari yöq va faqat sodiq itigina uning yonida böladi. Toş devorlar ustida betakror barelef va naqşlarni öyişda u qöl asbobidan foydalanadi: kurakça, iskana va skrebkalar. Albatta bu eng samarali usul emas, deydi mustaqil ravişda örgangan usta, biroq eng işonçlisi. Uning özi tan olişiça, iş unga katta zavq beradi. U öz xobbisini öziga xos meditatsiyaga aylantirgan.

Foto: Facebook/Ra Paulette
Foto: Facebook/Ra Paulette
Foto: Facebook/Ra Paulette

Har bir ğor bezatilişi böyiça öziga xos uslubga ega. Uning işiga yomğir va qor putur yetkazmasligi uçun usta yoriqlarni eşik va derazalar bilan berkitadi. “Şarşara” keng hovuzga ega bölib, unda suziş hamda maxsus toş örindiqlarda ötiriş mumkin. “Hayot daraxti” ğorida esa hayot haqida öy suriş, Ra tomonidan öşa daraxt şox va barglari bilan bezatilgan baland majmualarni tomoşa qiliş mumkin.

Foto: Facebook/Ra Paulette
Foto: Facebook/Ra Paulette

Ana şunday öyilgan ğorlardan birida muallif öz uyini ham yaratdi. Bu yerda qulay hayot uçun barça şaroit bor: yotoqxona, oşxona, yuviniş xonasi, hojatxona va mehmonxona. Ğorda elektr bor va vodoprovod ham örnatilgan. Yoğoçdan işlangan pol uyni issiq saqlaydi. Bu joyda sovuq kunlar kam böladi. Bu kabi ğorli uylarni Ra Polett sokinlik va tabiat bilan hamohanglikda yaşaş iştiyoqida bölganlarga sotadi. Hozirda tarmoqda sotuvga qöyilgan ğorni köriş mumkin. U 995 ming dollarga sotilmoqda.