Qonun hujjatlari ta'sirini baholash tizimi portalida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimiga «Xavfsiz uy» konsepsiyasini joriy etish loyihasi muhokama qilinmoqda.
Norma’ning yozishicha, taklif etilayotgan konsepsiya quyidagilarni nazarda tutadi:
• 2022 yilning 1 yanvarigacha respublikaning barcha mintaqalarida Toshkentda sinovdan o‘tkazilgan texnik qo‘riqlash va munosabat bildirish punktlarining markazlashtirilgan kuzatuv va xabarlarni uzatish avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish;
• qo‘riqlanayotgan obektlardagi signal joyiga eng yaqin turganlari imkon qadar tez yetib kelishini ta'minlash mexanizmlarini belgilagan holda qo‘riqlash xizmatining ichki ishlar organlari (bundan keyin – IIO) jamoat tartibini ta'minlash kuchlari patrul guruhlari bilan yaqindan hamkorligini yo‘lga qo‘yish;
• eng yangi, shu jumladan transport vositalari va boshqa harakatlanuvchi obektlar qo‘riqlanishini ta'minlash imkonini beradigan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etgan holda IIOning mol-mulkni qo‘riqlash bo‘yicha xizmatlari ro‘yxatini kengaytirish;
• dam olish va umumiy ovqatlanish joylari, turizm obektlari va savdo-ko‘ngilochar muassasalarda IIOning jamoat tartibini muhofaza qilish va huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasida xizmatlar ko‘rsatishi to‘g‘risida shartnomalar tuzish amaliyotini joriy etish;
• yangi turar joylarni qurish chog‘ida IIO bilan kelishuvga ko‘ra qo‘riqlash-yong‘inga qarshi signalizatsiya tizimlari bilan majburiy jihozlash;
• respublika mahallalari xavfsizligi darajasining choraklik reytingini yuritgan va har yili «Eng xavfsiz mahalla» respublika tanlovini o‘tkazgan holda ularga baho berish.
Loyihani amalga oshirish uchun IIV qo‘riqlash bosh boshqarmasi tuzilmasida quyidagilarni tashkil etish taklif etilmoqda:
a) qo‘riqlanadigan obektlarda o‘rnatilgan texnik vositalar va qo‘riqlash tizimlarini montaj, demontaj qilish, ta'mirlash, texnik xizmat ko‘rsatish va foydalanish bilan shug‘ullanadigan «Qo‘riqlash Servis» DUKni;
b) asosiy vazifalari quyidagilardan iborat bo‘lgan press-guruhlarni:

















