Ispaniya boş vaziri Pedro Sançes konstitutsiya qabul qilinganining 40 yilligi munosabati bilan unga özgartirişlar kiritilişi mumkinligini aytdi.
Sançes TVE davlat televideniyesiga intervyuda islohotlar qirol daxlsizligi, ya'ni konstitutsiyaning 56-moddasi (“Qirol şaxsi daxlsizdir va javobgarlikka tortilmaydi”) bekor qilinişini öz içiga olişi kerakligini aytgan.
Boş vazirning aytişiça, qirolning özi ham bu modda bekor qilinişini qöllab-quvvatlamoqda.
Sançesning ta'kidlaşiça, hozir konstitutsiyaga faqatgina muayyan özgarişlar kiritilişi mumkin, uning çuqurroq isloh qilinişining hozirça imkoni yöq va kelgusi avlodlar zimmasiga qoladi.
Ayni vaqtda özgarişlar soğliqni saqlaş, jinslar tengligi, atrof-muhit, evtanaziyaning qonuniylaştirilişi masalalariga taalluqli bölişi mumkin.












