Qizilo‘rda viloyatida so‘nggi bir necha kun ichida qutqaruvchilar 43 kishini, shu jumladan, O‘zbekistonning 35 nafar, Qirg‘izistonning sakkiz nafar fuqarosini evakuatsiya qilishdi.

Foto: Qozog‘iston FVV

Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligining Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha qo‘mitasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 1 dekabr kuni Qirg‘izistonning 8 nafar fuqarosi buzilib qolgan «Gazel» avtomashinasidan qutqarilgan, ular Sarishag‘an posyolkasidagi dam olish uyiga olib ketilgan.

5 dekabr kuni ertalab Qarag‘anda viloyati hududidagi «Sarishag‘an» avtomobil yo‘lida joylashgan tibbiy-qutqaruv punktiga Olmaota-Yekaterinburg trassasida ichida 51 nafar yo‘lovchi bo‘lgan avtobus buzilib qolgani haqida xabar kelib tushgan. Barcha yo‘lovchilar - O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari - shifokorlar ko‘rigidan o‘tkazildi, 35 kishi Sarishag‘an temir yo‘l vokzali binosiga evakuatsiya qilindi, 16 kishi haydovchi bilan birga yaqin oradagi kafega joylashtirildi.

Foto: Qozog‘iston FVV

Vazirlik ma'lumotlariga ko‘ra, hozirgi kunda Qozog‘iston hududida 40ta yo‘l punkti ishlamoqda. Qishki davr boshlanganidan buyon 60dan ortiq kishi qutqaruvchilar tomonidan evakuatsiya qilindi.