Yaponiyaning eng “keksa” telekommunikatsiya kompaniyasi Tokyo Telemessage peyjyerlarga xabarlarni yetkaziş böyiça xizmatlar körsatişni töxtatişini e'lon qildi.
1968 yilda Nippon Telegraph va Telephone Public Corp. yapon kompaniyalari matnli xabarlarni foydalanuvçilar qurilmalariga yönaltiriş böyiça xizmatni yölga qöygandi. Aynan 50 yil avval şu tariqa peyjyerlar paydo bölgan.
Bu aloqa turi eng çöqqiga çiqqan vaqtda operatorlar 10 millionlab tuzilgan şartnomalar bilan maqtana olişgan. 1996 yilda Tokyo Telemessage 1,2 mln faol foydalanuvçidan iborat rekord darajadagi abonent bazasini qayd qilgan.

Kiçik ölçamli qurilma 25 yil avval köplab kişilar uçun öziga töqlik va muvaffaqiyat körsatkiçi hisoblangan.
Keyin esa internet, IM-messenjerlar va şularga öxşaş aloqa turlari jadal rivojlana boşladi. Uyali aloqa va sms-xabarlar tobora faolroq qöllana boşlandi, telefon raqamiga boğlangan messenjerlar paydo böldi.
Peyjyerlar esa tobora kamroq qöllana boşlandi, uşbu gadjyetlarni işlab çiqaruvçi kompaniyalar esa ularni işlab çiqarişdan 20 yil avvaloq voz keçişgan. Hozirda peyjyer oz-moz qöllanadigan yagona soha – tibbiyot sohasi hisoblanadi. Çunki peyjyer smartfonlardan farqli, xabar qabul qiliş vaqtida xalaqitlar hosil qilmaydi va öta sezgir tibbiy qurilmalarga ta'sir qilmaydi.
Bugungi kunda peyjyerlardan dunyoda bor-yöği 1,5 ming kişi foydalanadi. Bunday oz sondagi mijozlar sababli peyjing xizmatlarini körsatuvçi dunyodagi oxirgi kompaniya uşbu turdagi xizmatlarni taqdim qilişni töxtatişini ma'lum qildi. 2019 yil sentabrdan peyjyer batamom tarixga aylanadi.












