3 dekabr kuni «Yoşlar press-klubi»da Markaziy Osiyo mintaqaviy vakolatxonasidagi BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatga qarşi kuraş boşqarmasi, Toşkent Xalqaro Vestminster Universiteti, Özbekiston yoşlar ittifoqi va Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi örtasida özaro anglaşuv memorandumi imzolandi. 

Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi raisi örinbosari Saidakbarxon Akbarovning Kun.uz'ga ma'lum qilişiça, bu memorandum Toşkentda "Xalqaro BMT modeli" va "Yoş delegat" loyihalarini amalga oşirişga va tomonlarning umumiy maqsadlar yölidagi hamkorligini mustahkamlaş yölida xizmat qiladi.

Tadbirda BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatga qarşi kuraş boşqarmasining mintaqaviy vakolatxonasi rahbari Aşita Mittal, Toşkent Xalqaro Vestminster Universiteti rektori Komiljon Karimov, Özbekiston yoşlar ittifoqi Markaziy kengaşi raisining birinçi örinbosari Alişer Sa'dullayev, Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi rais örinbosari vazifasini bajaruvçi Saidakbarxon Akbarov va Özbekiston BMT modellari vakillari iştirok etişdi.

Nazvaniye

Tadbirda Aşita Mittal xonim sözga çiqib, 2019 yil mart oyida Toşkentdagi BMT modeli xalqaro konferensiyasini taşkil etiş rejalaştirilganligini iştirokçilarga ma'lum qildi va uşbu tadbirlar jinoyatlikning oldini oliş hamda jinoiy adliya böyiça XIII kongressda qabul qilingan Doha deklaratsiyasining amalga oşirilişini qöllab-quvvatlaş uçun xizmat qilişiga işonç bildirdi.

"Ta'lim uçun adolat" şiori ostidagi konferensiya qatnaşçilarni BMTning asosiy vazifalari va tamoyillari bilan taniştiriş, ularni diplomatik, yetakçilik va notiqlik könikmalarini rivojlantirişga qaratiladi. Unda 250 nafar özbekistonlik va 250 xorijlik talaba iştirok etadi", - deydi Saidakbarxon Akbarov.

Foto: Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi

Toşkent Xalqaro Vestminster Universiteti rektori – Komiljon Karimovning ta'kidlaşiça, hozirgi kunda Universtitet talabalari rasmiy konferensiyaning veb-sayti timun.orğni yaratiş ustida iş olib borişmoqda. Uşbu veb-sayt Özbekiston Respublikasida har yili ötkaziladigan BMT modeli konferensiyalari manbai böladi. Konferentsiyada iştirok etişni istagan Özbekiston oliy öquv yurtlari talabalari va xalqaro universitetlar talabalari BMT konferensiyasining rasmiy sayti: mymun.org va öz veb-sayti: timun.org orqali röyxatdan ötişlari mumkin.