«Yandeks» kompaniyasi özining ilk smartfoni – ovozli yordamçi «Alisa»ga ega bölgan «Yandeks.Telefon» smartfonini taqdim etdi.   .

Foto: Yandeks

Narxi 17990 rubl bölgan qurilma 6 dekabrdan kompaniyaning Moskvadagi dökonida sotuvga çiqariladi. 7 dekabrdan esa smartfonni «Bera» onlayn dökoni hamda «M.Video», «Eldorado» dökonlarida sotib oliş mumkin böladi.

«Yandeks» Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi hududiga «YNDX-000SB» modelidagi «Yandeks.Telefon» smartfonini olib kirişga ruxsat olgandi. Bu ruxsat 2023 yil 25 iyungaça amal qiladi. Qurilmani Şveytsariyada röyxatdan ötgan Yandex Services AG işlab çiqaradi. Bu kompaniya avval «Yandeks.Stantsiya» «aqlli karnayi» işlab çiqargan. Smartfon dizayni «Yandeks»da işlab çiqilgan.

Foto: Yandeks
Foto: Yandeks
Foto: Yandeks
Foto: Yandeks

Qurilma Android operatsion tizimida işlaydi. U 8 yadroli protsessor, 5,6 dyuymli, 2160x1080 nuqtali ekran, barmoq izi skaneri bilan jihozlangan va xaridlarning simsiz tölovi uçun NFC texnologiyasini, «Yandeks.Dengi» va Google Pay tölov tizimlarini qöllab-quvvatlaydi. 

Foto:  RIA Novosti / Yevgeniy Odinokov

Gadjyet, şuningdek, turli taşkilotlar kontakt ma'lumotlariga ega «Yandeks.Spravoçnik» tizimiga ulangan raqam aniqlagiç bilan jihozlangan bölib, foydalanuvçiga smartfondagi kontaktlar kitobida telefon raqami bölmagan biror-bir taşkilotdan qönğiroq qilinsa, u qaysi taşkilotdan qönğiroq bölganini biladi.