«Çelsi» yarimhimoyaçisi Eden Azar faoliyatini «Real»da davom ettirişi haqiqatga aylanmoqda.
Madriddagi Onda Madrid radiostansiyasi ma'lumotiga köra, 27 yoşli belgiyalik futbolçi Qirollik klubi bilan oğzaki kelişuvga erişib bölgan.
Agar «Real» «Çelsi» bilan Azar uçun transfer tölovi miqdori böyiça kelişa olsa, futbolçi yozda Madridga keladi. Uşbu havbekning londonliklar klubi bilan amaldagi şartnomasi muddati 2020 yilga qadar tuzilgan.
«Çelsi» Azar uçun 170 million yevro söramoqda. «Real» uşbu transferga ayni vaqtda London klubida ijara asosida töp surayotgan Mateo Kovaçiçni ham qöşişni istamoqda.
Bundan avvalroq Azar yozda «Real» safiga ötişga tayyorligi haqida gapirgandi.












