Hindiston «Şçuka-B» rusumidagi Rossiya dengiz suv osti kemasini lizingga oliş niyatida, muzokaralar hozir yakuniy bosqiçda. Bu haqda India Today naşri yozmoqda.
Jurnal ma'lumotlariga köra, ötgan hafta Rossiyadan hindistonlik harbiylar delegatsiyasi qaytib keldi, ular «Bratsk» va «Samara» atom suv osti kemalarini tekşiruvdan ötkazdi. Qayd etilişiça, har ikki submarina 2014 yildan beri Severodvinskdagi «Zvezdoçka» kemasozlik korxonasida ta'mirlanmoqda.
Naşrda ta'kidlanişiça, delegatsiya tarkibida suv osti kemalarini ijaraga oliş imkoniyatlarini muhokama qilgan moliyaçilar ham bölgan. Qayd etilişiça, hind tomoni Rossiya taklif qilgan narxga rozi.
Hozirgi vaqtda Hindiston Rossiyadan «Nerpa» suv osti kemasini ijaraga oladi, u ham «Şçuka-B» sinfiga tegişli. Kema 2012 yilda Hindiston harbiy-dengiz kuçlari tarkibiga kirdi.
Eslatib ötamiz, avvalroq kamida 13 davlat Rossiyaning S-400 zenit raketa majmualarini Amerika quroli örniga sotib olmoqçi ekani xabar berilgandi.

















