Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Konstitutsiyaviy sudi Checheniston va Ingushetiya o‘rtasidagi chegara masalasini hal qildi
Rossiya Konstitutsion sudi (KS) Ingushetiya va Checheniston o‘rtasida chegara o‘rnatilishini Rossiya Federatsiyasi asosiy qonuniga mos keladi, deb topdi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, mintaqalar o‘rtasida hududlar bilan teng asosda alishish to‘g‘risidagi kelishuv 26 sentabr kuni imzolandi. Checheniston va Ingushetiya parlamentlari ushbu hujjatni ma'qulladi, lekin Ingushetiya Konstitutsiyaviy sudi bunday kelishuvga erishish uchun referendum o‘tkazish zarurligini ma'lum qildi, shundan keyin mamlakat Konstitutsiyaviy sudi masalani ko‘rib chiqdi.
«Ingushetiya va Checheniston o‘rtasida chegara o‘rnatish to‘g‘risidagi kelishuv, shuningdek, Ingushetiya Respublikasining uni mustahkamlab qo‘ygan qonuni Rossiya Federatsiyasi Konstitutsiyasiga zid emas», - deyiladi sud hujjatlarida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ramzon Qodirov uni podachi deb atagan ingushetiyalik oqsoqol bilan yakkama-yakka gaplashib olgandi.
Mavzuga oid
20:20 / 06.07.2026
Qirg‘iz-o‘zbek chegarasida korrupsiyaga qarshi maxsus operatsiyada o‘nlab xodimlar ushlandi
14:26 / 05.07.2026
Afg‘onistondan dronda narkotik olib o‘tishning oldi olindi
11:20 / 01.07.2026
Rossiya 7 ta temiryo‘l chegara punkti faoliyatini to‘xtatdi
10:14 / 24.06.2026