Armaniston apellyatsiya sudi mamlakatning sobiq prezidenti Robert Koçaryanni hibsga olişga hukm çiqardi. Bu haqda Koçaryanning advokati Ayk Alumyan ma'lum qildi.
"Apellyatsiya sudi birinçi instansiya sudining qarorini özgarişsiz qoldirdi va şikoyatimizni rad etdi. Bu esa Koçaryanning hibsga olinişini bildiradi", — dedi Alumyan jurnalistlarga.
Iyulda maxsus tergov xizmati 2008 yil 1 martdagi norozilik namoyişlarini bostiriş işi doirasida Koçaryanga konstitutsion tuzumni ağdariş böyiça ayblov e'lon qilgandi. Ertasiga Koçaryan ikki oyga hibsga olingandi.
Himoyaçilar apellyatsiya sudiga şikoyat qilganidan söng birinçi instansiya sudining qarori bekor qilingandi.
Maxsus tergov xizmati Koçaryandan taşqari, sobiq mudofaa vaziri Mikayel Arutyunyan va KXŞTning sobiq boş kotibi Yuriy Xaçaturovga nisbatan ham ayblov e'lon qilgandi. Xaçaturov garov evaziga ozodlikka çiqarilgan, Arutyunyan esa qidiruvga berilgan.












