Gollivudning xorijiy matbuot assotsiatsiyasi 76-“Oltin globus” mukofotiga nomzodlarni e'lon qildi.
“Eng yaxşi dramatik film” yönalişi böyiça mukofotni rejissyor Spayk Lining “Qora klançi” (BlacKkKlansman), Rayan Kuglerning “Qora pantera” (Black Panther), Dekster Fletçerning “Bogem rapsodiyasi” (Bohemian Rhapsody), Barri Jyenkinsning “Agar Bil-strit gapira olganda” (If Beale Street Could Talk) va Bredli Kuperning “Yulduz tuğildi” (A Star is Born) filmlari olişi mumkin.
Eng yaxşi komediya yoki myuzikl uçun mukofotni “Aqlbovar qilmas osiyoliklar”, “Favoritkalar”, “Yaşil kitob”, “Meri Poppins qaytmoqda” va “Hokimiyat” filmlari olişi mumkin.
Multfilmlar orasida boş mukofotga “Ralf internetga qarşi” (Ralph Breaks the Internet), «Örgimçak odam: Koinotlar orqali” (Spider-Man: Into the Spider-Verse), “Kelajakdan Miray” (Mirai no Mirai), “Itlar oroli” (Isle of Dogs) va “Superoila 2” (Incredibles 2) animatsion filmlari da'vogarlik qilmoqda.
“Eng yaxşi rejissyor” yönalişidagi mukofot uçun Bredli Kuper, Alfonso Kuaron, Piter Farrell, Spayk Li va Adam Makkey boş da'vogarlar hisoblanadi.
“Eng yaxşi dramatik aktyor” yönalişidagi boş mukofot uçun Bredli Kuper, Uilyam Defo, Lukas Xejyes, Rami Malek va Jon Devid Vaşington nomzodlari tanlandi.
“Eng yaxşi dramatik aktrisa” yönalişidagi boş mukofot uçun Ledi Gaga, Nikol Kidman, Rozamund Payk, Glenn Klouz va Melissa Makkarti kuraş olib boradilar.
“Xorijiy tildagi eng yaxşi film” yönalişiga “Kapernaum”, “Qizaloq”, “Heç qaçon ortingga qarama», “Roma” va “Dökonni tunovçilar” filmlari qöyilgan.
“Oltin globus” taqdimoti 6 yanvarda Los-Anjyelesdagi The Beverly Hilton mehmonxonasida bölib ötadi.












