Oliy ta'lim muassasalari faoliyatini liberallaştirişda jahondagi oliy öquv yurtlarning tajribasini örganiş mumkin. Lekin, Özbekistonda ta'lim olişga iştiyoqmand yoşlarning soni hali köpligi hamda ularning ijtimoiy imkoniyatlari, tölov qobiliyatini inobatga olgan holda oliy ta'lim muassasalarida tölov-kontrakt miqdorini erkin belgilaşga biroz şoşilmagan ma'qul, deb hisoblaydi Toşkent kimyo-texnologiya instituti rektori Şuhrat Mutalov. 

Mover'da köriş

Youtube'da köriş

«Prezident tomonidan oşirilgan tölov-kontrakt qiymatlarini tölaş orqali yoşlarga qabul qiliniş imkoniyati berilgani oliy ta'lim muassasalarida bu [faoliyatning liberallaşuvi] imkoniyat paydo bölişi mumkinligini körsatib berdi», - deydi rektor Kun.uz'ga bergan intervyusida. 

Rektorning ta'kidlaşiça, institutda ham faoliyatni yanada erkinlaştiriş mexanizmlari rejalaştirilmoqda, tahlildan ötmoqda. 

«Ma'lumki, texnika va texnologiya yönalişidagi oliy öquv muassasalarida öquv jarayonining asosiy şartlaridan biri - öquv-ilmiy laboratoriyalar. Bu boşqa ijtimoiy-gumanitar ta'lim yönalişlariga qaraganda öquv jarayonini taşkil etiş bir qator moliyaviy xarajatlarni talab etadi. Lekin şu borada xalqaro tajribani örganib, bir narsani kuzatyapmizki, asosiy iş beruvçilarning OTM moddiy-texnik bazasini yaxşilaş, kadrlar sifatini oşirişga qaratilgan jarayonlardagi iştiroki talab darajasida, deb bölmaydi.

Mehnat bozorida asosiy talabni iş beruvçi qöyadi, unga bitiruvçining bilim va könikmasi töğri kelsa, işga oladi. Şu sababli, kadrlarni tayyorlaş jarayonida ham ozgina ularning e'tibori, turli stipendiyalarni joriy etişi kerak. Moddiy-texnik bazasiga yangi uskunalarni olib kiriş, laboratoriyalarni taşkil etiş yoki imkoniyati yetişmayotgan talabalarning tölov-kontraktini tölab, kadrlarni maqsadli tayyorlaş borasida iş beruvçining ijtimoiy mas'uliyatini belgilab beradigan tartibni belgilaş payti keldi», - deb qöşimça qiladi u. 

Mutalovning aytişiça, bugungi kunda institut öquv rejalari, fan va dasturlarni öqitiş, amaliyotni ötaş masalalarida tarmoq vakillari bilan hamkorlikda iş olib boradi. Ayrim paytda iş beruvçi bitiruvçilarning huquqiy bilimlari yetişmayotganini ta'kidlaydi, şartnomalar tuziş, oldi-sotdi, rejalaştiriş işlarida könikmasi yöqligini aytadi.