Nega butun dunyoda taqçil resursga aylanib borayotgan, yaqin kelajakda neftdan ham qimmatroqqa baholanişi başorat etilgan ne'matning qadriga yetolmayapmiz? Suvtekin, deya atrofda köp uçraydigan, qadri va qimmati past aşyolarni atab, suvni ham tekin qilib qöydikmi? 

«Özbekistonda suv köp. Ariqlardan şaldirab suv oqadi. Amudaryo va Sirdaryo oraliğida joylaşgan sölim, betakror makonda yaşaymiz»​, degan pafosli gaplar qisman ötmişda qolib ketdi. Biz haqiqiy vaziyatdan bexabar qolib ketyapmiz. Sirdaryo va Amudaryo kabi transçegaraviy daryolarning Orol dengiziga suvni toşqin olib kelmayotganiga ança yillar böldi. Qoraqalpoğiston va Xorazmda qum böronlari haqida-ku, gapirmasa ham böladi. Çunki, Özbekistonda suv arzon, suvçilar mehnati esa qadrlanmaydi. 

Respublika Suv xöjaligi vazirligi mutaxassisi Nodirbek Madiboyevning aytişiça, Özbekistonda işlatiladigan suv resurslarining yillik umumiy miqdori 54 mlrd.m3 ni taşkil etadi va 80% (43 mlrd.m3) Tojikiston va Qirğizistonda, atigi 20% (11 mlrd.m3) mamlakatimizda hududida şakllanadi. Eng köp uluşdagi (49 mlrd.m3) suv qişloq xöjaligiga yönaltiriladi, ikkinçi örinda kommunal xöjaligiga 2.4 mlrd.m3 (4.4%) suv yetkazib beriladi. Keyingi örinlarda sanoat, baliqçilik sohalari turadi.

Aholining qança qismi toza içimlik suvi bilan ta'minlanganligi, suvni yetkazib beriş tizimi va resurslardan oqilona foydalaniş ham alohida masala. Bu borada Uy-joy kommunal xöjaligi vazirligi matbuot xizmati rahbari Alipoşa Axmedovning izoh berişiça, Özbekiston aholisining 65%i markazlaştirilgan içimlik suv ta'minoti bilan qamrab olingan. 

«Çuçuk suvning 33 foizi suv havzalari hisobidan, qolgani yerosti suvlaridan yiğib olinadi va suv inşootlarida tozalanib, söng aholiga quvurlar orqali yetkaziladi. Ma'lumot örnida aytib ötiş kerakki, bir sutkada Özbekiston aholiga 6 mln. 226 ming m3 suv yetkazib beriladi. Respublika böylab jami 65.8 ming kilometr suv tarmoqlari ötkazilgan. 10 mingdan ortiq suv va oqova inşootlari mavjud»​, - deydi u.

Şu bilan bir qatorda, suv quvurlarining holati borasida ham qiziqib kördik. Ma'lum bölişiça, quvur orqali suvni aholi xonadoniga yetkazişda umumiy suvning 30-40 foizi yöqotiladi. Xorij mamlakatlar tajribasida bu körsatkiç 10 foizni taşkil etadi. Köp miqdordagi suv yöqotilişiga asosiy sabab quvurlarning ma'nan eskirganligi, yaroqlilik muddati allaqaçon ötib ketganidir. Muammoni bartaraf etiş uçun amaliy harakatlar qilinyaptimi? Qayd etilişiça, joriy yilning özida içimlik suvi ta'minotiga davlat byudjyeti hisobidan 800 mlrd. söm ajratildi, 2019 yilda esa 1.1 trln.söm xalqaro moliyaviy kreditlar va davlat byudjyetidan aynan şunga sarflanişi közda tutilgan.