Ukraina mudofaa vaziri Stepan Poltorakning ma'lum qilişiça, agar zarur bölsa, mamlakat harbiy-dengiz kuçlari (HDK) Kerç böğozidan harakatlanişni davom ettiriş niyatida. Bu haqda u «Pryamoy» telekanalidagi «Exo Ukraini» dasturi efirida bayonot berdi.

Vazirning ta'kidlaşiça, «hozirgi vaqtda» Ukraina kemalari Kerç böğozida harakatlanmayapti.

«Ammo biz töxtatmaymiz, rotatsiyani, imkoniyatlarimizni mustahkamlab borişda davom etamiz», - deya ta'kidlab ötdi Poltorak.

Uning xulosa qilişiça, Ukraina tomoni barça xalqaro normalarni inobatga olgan holda, böğozdan foydalanişni davom ettiradi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenko nima uçun Ukraina kemalari Kerç böğozini kesib ötganini aytgandi.

Uning sözlariga köra, kemalar uşbu yöldan şu sababdan ketganki, agar ular quruqlikdan olib ötilganida, bu Kerç böğozi Rossiyaga tegişli ekanini tan olişni anglatgan bölardi. Prezidentning qöşimça qilişiça, bu «ruslar istilosi» tan olinişini ham bildirardi.