Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenko mamlakat harbiy kemalari nima maqsadda Mariupolga Kerç böğozi orqali yuborilganiga aniqlik kiritdi. Bu haqda UNN xabar bermoqda.

Uning sözlariga köra, kemalar uşbu yöldan şu sababdan ketganki, agar ular quruqlikdan olib ötilganida, bu Kerç böğozi Rossiyaga tegişli ekanini tan olişni anglatgan bölardi. Prezidentning qöşimça qilişiça, bu «ruslar istilosi» tan olinişini ham bildirardi.

«Kimdir biz boşqa yöllardan foydalanib, harbiy kemalarni quruqlikdan olib ötişimiz kerakligini aytişmoqda. Hurmatli siyosatçilar, bu nimani anglatadi? Kerç böğozini ruslarga berişni taklif qilmoqçimisizlar?», - dedi Poroşenko.

Eslatib ötamiz, avvalroq Pyotr Poroşenko Rossiya prezidenti Vladimir Putinda Rossiya imperiyasini tiklaş va Ukrainani egallab oliş istagi mavjudligini aytgandi.

«Putin avvalgi Rossiya imperiyasini qaytarmoqçi. Qrim, Donbassni, u butun mamlakatni qaytarib olişni istaydi. U özini Rossiya imperatori sifatida köradi, uning imperiyasi Ukrainasiz işlaşi mumkin emas, deb hisoblaydi. U bizni koloniya deb biladi», - dedi Poroşenko.