Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Foydali qazilmalarni qazib oliş uçun kon ajratiş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga köra, qazib oliş uçun kon ajratiş litsenziyaga muvofiq yer qa'ridan foydalaniş huquqini tasdiqlaydigan hujjat hisoblanadigan kon ajratiş dalolatnomasi asosida beriladi.
Foydali qazilmalar konini yoki uning bir qismini litsenziyasiz va kon ajratmasisiz yoki uning çegarasidan taşqarida qazib oliş taqiqlanadi
va işlab çiqariş xarajatlari qoplanmagan holda belgilangan tartibda töxtatiladi.
Foydali qazilmalarni qazib oliş uçun kon ajratmasi yer osti uçastkasidan foydalaniş huquqini beruvçi litsenziya asosida kon ajratiş dalolatnomasini belgilangan tartibda rasmiylaştirgan (olgan) Özbekiston Respublikasining, boşqa davlatlarning yuridik va jismoniy şaxslariga, fuqaroligi bölmagan şaxslarga berilişi mumkin.
Foydali qazilmalar konini yoki uning bir qismini işlatiş uçun kon ajratmasi asosiy zaxiralar va u bilan birgalikda joylaşgan foydali qazilmalar va ularning tarkibidagi komponentlar zaxiralari Özbekiston Respublikasi Davlat geologiya qömitasi huzuridagi Foydali qazilmalar zaxiralari böyiça davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanişi va kon belgilangan tartibda sanoat yöli bilan özlaştiriş uçun berilişi, şuningdek, litsenziya va yer qa'rini muhofaza qiliş hamda işlarni bexatar olib boriş qoidalari va normalari talablari hisobga olingan holda bajarilgan foydali qazilmalarni qazib oluvçi korxonalarni quriş, rekonstruksiya qiliş yoki kengaytirişning tasdiqlangan loyihasi mavjud bölgan taqdirda beriladi.
Tajriba-sanoat kölamida foydali qazilmalarni kavlab oliş kon ajratmasi bermasdan (neft va gaz konlari bundan mustasno) litsenziya yer qa'rini geologik jihatdan örganiş muddatiga, biroq 5 yildan ortiq bölmagan muddatga berilgan litsenziya va belgilangan tartibda tasdiqlangan va konçilik munosabatlarini tartibga soliş sohasida maxsus vakolatli organlar bilan kelişilgan loyiha asosida beriladi. Tajriba işlari tugagandan söng, sanoat kölamida qazib oliş uçun uşbu foydalanuvçi Nizomda belgilangan tartibga muvofiq kon ajratmasini rasmiylaştirişi kerak.
Neft va gazni tajriba-sanoat yöli bilan qazib oliş Özbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslari qömitasi tomonidan
uç yildan ortiq bölmagan muddatga beriladigan litsenziya va Davlat geologiya qömitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qiliş inspeksiyasi tomonidan beriladigan va belgilangan tartibda kon ajratmasi rasmiylaştirilgan holda kon ajratmasi asosida amalga oşiriladi.
Mavzuga oid
Kon ajratmasi loyihalari va tajriba-texnik foydalanişning texnologik sxemalari operativ tasdiqlangan zaxiralarga tuzilişi mumkin. Konlarni tajriba-sanoat yöli bilan foydalaniş uçun işga tuşiriş qazib olişning uşbu bosqiçiga qöyiladigan talablarga rioya qilingan taqdirda mumkin böladi. Şoşilinç kon ajratmasi beriş tartibi va talablari muddatsiz kon ajratmasi beriş bilan ayni bir xildir.
Foydali qazilmalarni kavlab oliş uçun qurilayotgan, rekonstruksiya qilinayotgan va kengaytirilayotgan korxonalar uçun kon ajratiş uşbu korxonalar qurilişi, rekonstruksiya qilinişi yoki kengaytirilişi boşlanişidan oldin rasmiylaştiriladi.
Foydali qazilmalarni kavlab oluvçi va foydali qazilmalar konlarini işlatuvçi korxonalar qurilişi uçun yer uçastkasi ajratiş kon ajratilgandan keyin Özbekiston Respublikasining yer haqidagi qonunlarida nazarda tutilgan tartibda amalga oşiriladi.
Yer qa'ridan foydalanuvçi tomonidan unga ajratilgan konni boşqa yuridik va jismoniy şaxslarga beriş taqiqlanadi. Korxonaning nomi özgargan taqdirda kon ajratiş dalolatnomasi va topografiya rejasi nusxasidagi yozuv qayta rasmiylaştiriladi.
Korxonalar, binolar, inşootlar, aholi punktlari, şaharsozlik faoliyatini tartibga soluvçi umumdavlat va mahalliy ahamiyatga ega obektlar va alohida qöriqlanuvçi hududlar (kurortlar, örmonzor boğlar, qöriqxonalar, suv ta'minoti manbalari va boşqalar), daryolar, suv havzalari, tarix, madaniyat va san'at yodgorliklari, qimmatli qişloq xöjaligi ekin maydonlari, çegara zonalari, aerodromlar, maxsus vazifali poligonlar, ajratib olingan zonalar, mustahkamlangan rayonlar, qabristonlar va boşqa obektlar joylaşgan joy hududi ostidagi foydali qazilma konlarini işlatiş uçun kon ajratiş mahalliy davlat hokimiyat organlari, Davlat ekologiya qömitasi, fuqarolarning özini özi boşqariş organlari, şuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kon işlari uçun beriladigan hududda joylaşgan yer uçastkasidan doimiy va vaqtinça foydalaniş huquqiga ega bölgan yuridik va jismoniy şaxslar bilan kelişilgandan keyin amalga oşiriladi.
Maxsus vazifali yerlar doirasida kon ajratiş qonun hujjatlariga muvofiq amalga oşiriladi.
Yer uçastkasidan foydalaniş (egalik qiliş) huquqining mavjudligi uşbu uçastkada joylaşgan foydali qazilmalarni qazib oliş huquqini bermaydi.
Foydali qazilmalarni kavlab oliş böyiça korxonalarni quriş, rekonstruksiya qiliş va kengaytiriş işlarini mablağ bilan ta'minlaşga faqat kon ajratilişini tasdiqlovçi dalolatnoma, şuningdek, davlat ekologiya ekspertizasining ijobiy xulosasi mavjud bölganda yöl qöyiladi va ular olib qöyilganda töxtatiladi.
Yer egalari va yerdan foydalanuvçilar ularga berilgan yer uçastkalari doirasida yer qa'ridan keng tarqalgan foydali qazilmalarni, yer osti suvlarini xöjalik va maişiy ehtiyojlar uçun qaziş maqsadida litsenziya va kon ajratiş dalolatnomasi olmasdan quyidagi şartlarga rioya qiliş şarti bilan foydalaniş huquqiga ega böladilar:
keng tarqalgan foydali qazilmalarni kavlab oliş oçiq usulda, bir öyiqning balandligi ikki metrdan ortiq bölmagan va Inspektsiya bilan kelişgan holda amalga oşirilişi kerak;
işlar texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilingan holda olib borilişi kerak;
unumdor qatlamni olib taşlaş va saqlaş, şuningdek, buzilgan yerni keyinçalik qayta tiklaş masalasi hal etilişi kerak;
kon işlari boşlanişidan 10 kun oldin Inspektsiya va mahalliy hokimiyat organlari xabardor qilinişi kerak;
qazib olingan keng tarqalgan foydali qazilmalar va yer osti suvlaridan
yer uçastkasi egasi (foydalanuvçi)ning xöjalik yoki maişiy ehtiyojlari uçungina foydalanilişi kerak.
Foyda oliş maqsadida qazib olingan foydali qazilmalarni boşqa korxonalar, taşkilotlar va fuqarolarga sotiş yoki berişga yöl qöyilmaydi.
Kon ajratişga qöyiladigan asosiy talablar
Kon ajratiş yer osti boyliklaridan foydalanuvçiga konni sanoat yöli bilan özlaştiriş uçun beriş-qabul qilib oliş dalolatnomasi böyiça sanoat yöli bilan özlaştiriş uçun beriladigan tasdiqlangan zaxiralar joylaşgan butun maydonga va uning çuqurligiga beriladi.
Uşbu talab foydali qazilmalarning birgalikda joylaşgan bir neça turlaridan iborat bölgan kompleks konlarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Yirik konlarni işlatiş uçun kon ajratmasi mustasno hollarda uşbu konning muayyan uçastkasidan foydalaniş huquqiga litsenziyasi bölgan ikki
yoki bir neça yer qa'ridan foydalanuvçilarga berilişi mumkin.
Bir maydonda joylaşgan har xil turdagi foydali qazilma konlarini işlatiş zarurati tuğilganda kon ajratmasi har bir konni işlatiş uçun alohida beriladi. Uşbu holda, şuningdek,yirik foydali qazilma konlari bir neça yer qa'ridan foydalanuvçilar tomonidan qazilganda konni yoki uning qismlarini qaziş izçilligi hamda kon işlari özaro aloqadorligi yer qa'ridan topilgan zaxiralarning eng töliq, kompleks va iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq qazib olinişini, yer osti boyliklari töğrisidagi qonun hujjatlari va işlarni bexatar olib boriş talablari bajarilişini ta'minlaşi kerak.
Bir maydondagi neft va gaz gorizontlari ikkita yer qa'ridan foydalanuvçi tomonidan qazib olingan xollarda uşbu Nizomda belgilangan tartibda ikkita mustaqil kon ajratmasi rasmiylaştirilişi zarur.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi