Marhum san'atkor Inoğom Odilovning farzandi - aktyor, rejissyor Oybek Odilov xastalik tufayli bugun olamdan ötdi. Bu haqda «Özbekkino» milliy agentligi ma'lum qildi.

Oybek Odilov ilk bor Zulfiqor Musoqovning «Ayol zoti» serialida tomoşabin nazariga tuşgan. Rejissyor sifatida «Osmon yaqin» filmini suratga olgan. 

Şuningdek, mohir dublyaj aktyori sifatida ham öziga xos ovoz sohibi edi. 

«Uning yorqin xotirasi hamkasblari, yaqinlari qalbida mangu yaşaydi. Sirli tabassumi esa özbek kinosining ekranlarida barhayot», - deyiladi «Özbekkino» xabarida.

Kun.uz marhumning oila a'zolariga çuqur ta'ziya bildiradi.