Har yilning dekabr oyida Bill Geyts an'anaga köra unga eng köp iştiyoq bergan kitoblar töplami bilan örtoqlaşadi. Bu safar uşbu töplamga yodnomalardan tortib meditatsiya böyiça yöriqnoma kabi turli janrdagi asarlar kirgan.
Tara Vestover, “Öquvçi. Özni qölga kiritiş uçun tan beriş”
“Tara Vestover yodnomalarini öqigunga qadar mustaqil ta'lim bilan yaxşi şuğullanaman, deb öylardim”, — deb yozadi Geyts. Tara maktabga bormagan va 17 yoşiga qadar şifokor qabulida bölmagan. Çunki uning otasi mormon bölib, tez orada oxir zamon bölişiga işonardi. Aynan şuning uçun ham uning oilasi sivilizatsiyadan çetda yaşagan. Öz yodnomalarida Vestover bilimga bölgan iştiyoq uni oilaviy qaraşlarga qarşi boriş va Kembrij universitetida ilmiy darajaga ega bölişga majbur qilgani haqida yozadi.
Pol Şar, “Odamlarsiz armiya. Avtomatlaşgan qurol va uruş kelajagi”
Köpçilik odamlar avtomatlaşgan qurollar haqida öylaşmaydi. Biroq Geytsning fikriga köra, sun'iy idrokdan qurollanişda foydalaniş haqidagi bu kitobdan boş kötariş muşkul. Unda ançayin murakkab mavzu muhokama etiladi. Muallif avtomatlaşgan qurolning ijobiy va salbiy jihatlarini aniq va lönda tuşuntiradi. Şar masalani teran anglaydi — u uruş veterani bölgan va AQŞ hukumatiga bu kabi qurollaniş haqidagi qonunlarni işlab çiqişda yordam bergan.
Jon Karreyru, “Ahmoqona qon”
The Wall Street Journal jurnalisti Jon Karreyru Theranos tibbiyot startapining omadga erişişi va inqirozga yuz tutişi borasidagi tadqiqoti natijalarini kitob körinişida naşr etgan.
Geytsning sözlariga köra, kompaniya tarixi u öylaganidan ham aqlbovar qilmas darajada ekani, kitob kişini öziga jalb etişi haqida yozgan. Unda ayyorona tovlamaçilik, korporativ fitna, OAVni larzaga solgan voqealar, buzilgan oilalar va ilgari deyarli 10 milliard dollar qiymatida baholangan kompaniya inqirozi kabi hamma narsa tasvirlangan.
Yuval Noy Harari, “XXI asr uçun 21 saboq”
Bil Geyts bu yozuvçi ijodining aşaddiy muxlisi. Uşbu kitob ham unga ma'qul böldi. Agar “Sapiens. Insoniyatning qisqa tarixi” va “Homo Deus. Ertangi kunning qisqa tarixi”da muallif ötmiş va kelajak haqida hikoya qilgan bölsa, mazkur asar butunlay hozirgi zamonga bağişlangan.
Agar 2018 yil söngida jahonda sodir bölayotgan voqealarni butunlay tuşuna olmayotgan bölsangiz, “XXI asr uçun 21 saboq” vaziyatga oydinlik kiritiş va qanday qiyinçiliklarga duç kelayotganimiz borasida fikrlaşga undaydi.












